Home / YANGILIKLAR / DINIY TAʼLIM MUASSASALARIGA HUJJAT QABUL QILISH MUDDATI BЕLGILANDI

DINIY TAʼLIM MUASSASALARIGA HUJJAT QABUL QILISH MUDDATI BЕLGILANDI

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va oʻrta maxsus diniy taʼlim muassasalariga 2022-2023 oʻquv yili uchun abituriyentlarning hujjatlar offlayn shaklda taʼlim muassasasi qabul hayʼati tomonidan qabul qilinadi.

🏫 Oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalarida:
2022 yil 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).
Talab qilinadigan hujjatlar:
– taʼlim muassasasi rahbari nomiga ariza;
– pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatiladi);
– maʼlumoti toʻgʻrisida attestat yoki diplom (asl nusxasi);
– 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (oxirgi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda boʻlishi kerak);
– chet tili bilishi toʻgʻrisidagi sertifikat (maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatda koʻrsatilgan chet tilidan boshqa xorijiy til boʻyicha test topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.

📚 Oliy diniy taʼlim muassasalarida:

🔸Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasi boʻyicha:
2022 yil 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).

🔸Hadis ilmi maktabida:
2022 yil 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).
Talab qilinadigan hujjatlar:
– taʼlim muassasasi rektori nomiga ariza;
– pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatiladi);
– oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasini tamomlagani toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) asl nusxasi;
– 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (soʻnggi uch oyda olingan hamda orqa foni oq rangda boʻlishi talab etiladi);
– “Yagona olimpiada” tanlovi diplomi (tanlovda 1-, 2- va 3-oʻrinni egallagan ishtirokchilar uchun).

Manba: muslim.uz

Check Also

Yangi loyiha boshlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) …