Home / YANGILIKLAR / Diqqat eʼlon

Diqqat eʼlon

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida oʻtkazilayotgan “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan onlayn seminarlarning navbatdagisiga taklif etamiz.

Bu galgi seminarda Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent Abdirashidov Zaynabidin Sharabidinovichning “BUXORODA JADIDCHILIK YOKI ABDURAUF FITRATNING ILK FAOLIYATIGA YANGICHA QARASH” mavzuidagi maʼruzasi tinglanadi.

Onlayn seminar 2022 yil 24 mayda, Toshkent vaqti bilan soat 16.00 da boʻlib oʻtadi.

ZOOM videokonferensiya dasturi boʻyicha ulanish manzili:

👉https://us02web.zoom.us/j/5258436902?pwd=bGJEODVUWTRJVnpIUG9Jeit1UHhpZz09

Seminar identifikatori: 525 843 6902
Parol: 12345

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Hamkorlik istiqbollari yuqori baholandi

Kuni kecha Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qozon shahrida joylashgan Abdulla Apanayev nomidagi madrasa va …