Home / XALQARO YANGILIKLAR / Oʻzbekistonning saʼy-harakatlari AQSHda eʼtirof etilmoqda

Oʻzbekistonning saʼy-harakatlari AQSHda eʼtirof etilmoqda

Poytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi ishtirokchisi, AQSH Brigama Yanga universiteti Joshua Ruben Klark nomli yuridik maktabi vakili Doktor Erik Jensen anjuman haqidagi fikrlarini OʻzA oʻquvchilari bilan oʻrtoqlashdi.

– Fikrimcha, bugungi kunda din mavzusi oʻta muhim va dolzarb. Statistika muayyan davlatning diniy ozchilik vakillariga munosabati shu mamlakat ichki vaziyatiga bevosita taʼsir etishini koʻrsatmoqda.

Qaysiki yurtda aholining har qanday toifasi oʻz dini, eʼtiqodini erkin namoyon qilarkan, odatda, oʻsha zaminda fuqarolar oʻzlarini shu Vatanga daxldor, barcha jarayonlarga jalb etilgan his etadilar. Pirovardida aynan shu holat milliy xavfsizlik mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Diniy eʼtiqod erkinligi, bu avvalo, hukumat diniy ozchilik vakillarini jamiyatdan ajratib qoʻymasligi, ularni taʼqib etmasligi, boshqa yurtlarga koʻchib ketishga majbur qilmasligi bilan bogʻliq.

Toʻgʻri, zamonaviy dunyomiz diniy ekstremizm tushunchasidan butunlay xoli, deya olmaymiz. Insonlarning vazifasi, shunday salbiy gʻoyalar taʼsiriga tushib qolgan kishilarga milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqib, turli yoʻllar bilan yordam berishdir.

Shu oʻrinda ayni yoʻnalish boʻyicha Oʻzbekistonda soʻnggi yillar sezilarli ijobiy oʻzgarishlar yuz berganini taʼkidlab oʻtishim kerak. Respublika yildan-yilga eʼtiqod erkinligi sari peshvoz chiqib boryapti. Hukumat din va eʼtiqod sohasini milliy xavfsizlikni qoʻllab-quvvatlash masalasi bilan uygʻun muvofiqlashtirib boryapti. 

AQSH mazkur masalani jahonning barcha mamlakatlari kesimida diqqat bilan kuzatib boradi va Oʻzbekiston bu borada sezilarli darajada ijobiy oʻsishga erishganini eʼtirof etadi, mamlakatingizning ayni yoʻnalishdagi saʼy-harakatlarini yuqori baholaydi. Mendek sohada xizmat qilayotgan insonlar – mutaxassislar uchun bu juda muhim va quvonchli.

Gʻayrat XONNAZAROV yozib oldi.

Check Also

Yuta shtati delegatsiyasi – Markaz mehmoni

Bugun, 26-aprel kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga ayni kunlarda mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Amerika …