Home / YANGILIKLAR / Toshkent muloqoti har bir ishtirokchi davlat uchun muhim ahamiyat kasb etadi

Toshkent muloqoti har bir ishtirokchi davlat uchun muhim ahamiyat kasb etadi

Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumining ikkinchi kunida madaniyatlararo diniy savodxonlik va global xavfsizlik mavzusida ham oʻzaro fikr-mulohazalar almashildi.

Minxas Majid Xon: Peshavor universiteti professori (Pokiston):

— Bugungi globallashuv zamonida dunyo xalqlari madaniyati va azaliy qadriyatlarini saqlash, ularni ezgulik sari yoʻnaltirishda diniy savodxonlik tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Boisi, din niqobi ostida turli xurujlar urchimoqda. Bunday vaziyatda esa, tabiiyki, insoniyat asosan eʼtiqod mustahkamligiga tayanadi. Ayniqsa, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratish lozim.

Taʼkidlash joizki, Pokistonda ham madaniyatlararo diniy savodxonlik masalasi, diniy ekstremizm, separatizmning ayanchli oqibatlari haqida targʻibot ishlariga alohida eʼtibor qaratiladi. Oʻz navbatida, global xavfsizlik masalasi kun tartibida turgan bugungi davrda turli din vakillari oʻrtasida oʻzaro hamjihatlikni taʼminlash, osoyishta hayot qadrini anglashga urinish kabi chora-tadbirlar ham hech eskirmas mavzudir.

Shu maʼnoda, bugungi muloqot har bir ishtirokchi davlat uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini anglash qiyin emas. Yangi Oʻzbekiston va Prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy va global ahamiyatli xayrli tashabbuslarini yaxshi bilamiz. Bu dunyo yoshlarini ezgu maqsad yoʻlida birlashtirish, ekologiyani asrab-avaylash, kambagʻallikni ilgʻor tajribalar asosida tugatish, diniy konfessiyalararo muloqotlarni jipslashtirish, vijdon erkinligini taʼminlash kabi bir qator tashabbuslar qanotida oʻz aksini topadi. Eng muhimi, ana shu ezgu tashabbuslar dunyo hamjamiyati va xalqaro nufuzli tashkilotlar tomonidan ham qizgʻin qoʻllab-quvvatlanib, bugun ularning amaliy natijalarini seza boshladik.

Ishonamizki, Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi ham dunyo miqyosida tinchlik va hamjihatlikni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: yuz.uz

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …