Home / XALQARO YANGILIKLAR / Buxoriy yurtidagi tadqiqot “Al-Azhar ovozi” da chop etildi

Buxoriy yurtidagi tadqiqot “Al-Azhar ovozi” da chop etildi

Misrdagi Al-Azhar universiteti “Al-Azhar ovozi” gazetasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodovning “Abu Azaba va uning Ashʼariylar va moturidiylar oʻrtasidagi goʻzal chamanzor nomli asari” maqolasi chop etildi.

Gazetaning joriy yil aprel oyidagi sonidan oʻrin olgan maqola Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tadqiqotchilarining tarjima va nashr ishlari borasidagi yutuqlariga oid maʼlumotlar bilan boshlangan. Muallif markazda yaqinda tarjima qilingan Abu Azabaning eng mashhur “Ashʼariylar va moturidiylar oʻrtasidagi goʻzal chamanzor” nomli asari mohiyatiga toʻxtalgan. Abu Azaba nomi bilan tanilgan aqidashunos olim Shayx Hasan ibn Abdulmuhsin mazkur asarni 1759 yilda yozib tugatgan. Manbalarda uning hayoti, tugʻilgan va vafot etgan joy hamda sanalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berilmagan. Asarni yozib tugatgan yilda vafot etganligi boʻyicha taxminlar mavjud.  

Kitobda ashʼariylar va moturidiylar oʻrtasidagi ixtilofli masalalar lafziy va maʼnaviy farqlarga ajratib bayon qilingan. Maqola soʻngida asar ashʼariylar va moturidiylar oʻrtasidagi ogʻzaki va maʼno jihatidan farqli masalalarni tadqiq qilishda muhim kitob ekani taʼkidlangan. Ushbu maqola markaz olimlarining soʻngi olti oy mobaynida islom olamining nufuzli nashrlaridan biri “Al-Azhar ovozi” gazetasida eʼlon qilingan uchinchi maqolasi hisoblanadi. 

Gʻ.HASANOV,

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …