Home / FOTO LAVHALAR / Imom Buxoriy haqidagi bilimlar sinovdan oʻtkazildi

Imom Buxoriy haqidagi bilimlar sinovdan oʻtkazildi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan mamlakatimiz taʼlim muassasalarida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” tadbirlarini tashkil etishda Imom Buxoriy va koʻplab ulugʻ allomalarimiz hayoti xamda boy ilmiy-maʼnaviy merosiga oid ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish, xalqchil va ommabop maʼlumotlarni yetkazish, bundan tashqari internet tarmogʻi orqali anonim viktorina tarzidagi test savollarini muntazam eʼlon qilib borishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Markazda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Hadis ilmi maktabi talabalari ishtirokida “Siz Imom Buxoriyni bilasizmi?” mavzusida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv xam pirovardida shu maqsadga yunaltirildi.

Buxoriy bobomizning maʼnan boy siyrati, ilm yulida chekkan zahmati hamda islom rivojiga qoʻshgan benazir hissasi ulugʻlangan tadbirning asosiy qismida ishtirokchilarning buyuk muhaddis olim haqidagi bilimlari test savollari orqali sinab koʻrildi.

Jami 50 ta savoldan iborat test natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan 12 nafar talaba sinovlarning murakkab savollardan tuzilgan bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi.

Testning mazkur yakuniy bosqichi joriy yilning aprel oyida oʻtkazilishi belgilangan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Mahalla raislari oʻquvi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Shukurillo Umarov Samarqandda viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning oʻzini …