Home / MAQOLALAR / MAZHABGA ERGASHISH VOJIBMI?

MAZHABGA ERGASHISH VOJIBMI?

Biz Alloh taoloning shariatini Uning kitobi Qurʼoni karimdan olamiz. Yaʼni: Allohning shariatini vahiy nozil qilingan Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan olamiz. Agar, vahiy tilovat qilingan boʻlsa, u – Qurʼondir. Agar, vahiy tilovat qilinmagan boʻlsa, u – hadisi sharifdir. Ushbular asl manba hisoblanadi.

Soʻngra, musulmon inson Allohning kitobini taʼlim olish, undan hukumlarni qanday qilib chiqarish kerak ekanligining uslub va manhajlarini oʻrganishga imkon topa olmaydi. Mana shu holiga esa, Alloh taoloning quyidagi oyati muvofiq keladi:

“Agar bilmaydigan boʻlsangiz, zikr ahllaridan soʻrangiz”. (Nahl 43-oyat).

Toʻgʻri, agar asl manba boʻlsa, uni jon deb qabul qilib, Qurʼoni karim va hadis sharifga yuzlanamiz. Lekin, qancha insonlar erta tongdan oʻz ishlariga boradilar va kechda oilaviy masalalarga gʻarq boʻladilar. Shunday qilib, shariat masalalarining eng oxiri, nihoyasigacha oʻrganishga vaqt qilolmaydi. Endi biz bu kimsalarga: Qurʼoni karim va sunnati mutohharadan Alloh taoloning shariatini toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzing olishing vojib deb aytsak qanday boʻladi?! Bu muhol ish!

Qolganlar ham xuddi shu kabi, shifokor, muhandis, dehqon va boshqa boʻlsin, Qurʼon oyatlari va sunnati mutohharadan hukmlarni chiqarib olish yoʻllarini bilish uchun imkoniyatlari boʻlmas. Shunday ekan, bu insonlarga nisbatan, har biriga mazhabga ergashish vojib boʻladi. Hammaning mazhabiga ham emas. Balki, ummat ularning ijtihodlarining ishonchli ekaniga ijmo qilgan imomlardan biriga ergashish vojib. Bular toʻrt mazhabdir. Barchasi bizga tamomila ishonch bilan yetib kelgandir. Ushbu toʻrt mazhab: “Hanafiy” mazhabi, “Shofeʼiy” mazhabi, “Hanbaliy” mazhabi va “Molikiy” mazhablaridir. Hozirgi kunda oʻzlarini mazhab boshilar kabi mujtahidmiz deyayotganlarning daʼvolari quruq safsatadan oʻzga narsa emas. Sizga quyida Qurʼon va sunnatdan hukm chiqarishga haqli kimsa yaʼni: mujtahid boʻlish uchun qanday shartlar kerak boʻlishini keltirib oʻtamiz.

“Mujtahid” soʻzi lugʻatda intilganiga yetish uchun butun kuch quvvatini sarflovchi maʼnosini bildiradi. Istilohda sharʼiy hukm chiqarish salohiyatiga ega faqih mujtahid deyiladi. Mujtahidlar uch darajaga ajratilgan: 1. Mutlaq Mujtahid. Bularga toʻrt mazhab imomlari kiradi. 2. Mazhab darajasidagi mujtahid (mujtahid fil-mazhab); u har qanday masalani faqat oʻz mazhabi asoschisi manbalariga suyangan holda hal etgan. 3. Ayrim masalalarni yechish darajasidagi mujtahid (mujtahid fit-tarjih); u masalalarni tadqiq etish huquqiga ega boʻlgan. Agarda koʻrilayotgan masala boʻyicha hukmlar bir nechta boʻlsa, u oʻzining ilmiy salohiyatiga koʻra, ulardan birini quvvatlashi mumkin boʻlgan. Mujtahid arab tilini, usuli fiqhni, Qurʼon va hadis ilmlarini bilishi shart. Mujtahidning odob axloqi, turmush tarzi namunali boʻlishi lozim. Oʻn birinchi asrdan boshlab ijtihod eshiklari yopilgan. Demak, bugungi kunimizda mujtahid yoʻq ekan. Hammamiz turli ixtilof va quruq safsatadan farqi boʻlmagan yoʻllarga emas. Balki, ishonchli toʻrt mazhabdan biriga ergashishimiz vojib hisoblanadi. Bemazhablar ham, biz Abu Hanifa rohimahulloh va yoki, boshqa imomlarga ergashmaymiz deb ham, qaysidir bir oʻzlarining imomlariga ergashadilar. Bu esa, Qurʼon va sunnatdan hukm olish emas, kimgadir ergashishku?! Alloh barchamizni hidoyatda sobit qilsin!

Manba

Check Also

SHUKRONALIK – INSON KAMOLOTINING ASOSI

Insonning kamolga yetishida barcha ijobiy fazilatlarning oʻziga xos oʻrni bor. Ammo ular ichida shukronalikning oʻrni …