Home / XALQARO YANGILIKLAR / DIQQAT, EʼLON!

DIQQAT, EʼLON!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida oʻtkazilayotgan “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan onlayn seminarlarning navbatdagisiga taklif etamiz.

Bu galgi seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Arxeologik tadqiqotlar instituti katta tadqiqotchisi Dr. Farhod Maqsudovning “Markaziy Osiyo koʻchmanchilarining ilk islomlashuvi” mavzuidagi maʼruzasi tinglanadi.

Onlayn seminar 2022 yil 8 fevralda, Toshkent vaqti bilan soat 17.00 da boʻlib oʻtadi.

ZOOM videokonferensiya dasturi boʻyicha ulanish manzili:

👉https://us02web.zoom.us/j/5258436902?pwd=bGJEODVUWTRJVnpIUG9Jeit1UHhpZz09

Seminar identifikatori: 525 843 6902
Parol: 12345

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Yuta shtati delegatsiyasi – Markaz mehmoni

Bugun, 26-aprel kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga ayni kunlarda mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Amerika …