Home / YANGILIKLAR / Infografika: Pirotexnika ofat keltiradi, yoxud musulmonni qoʻrqitish halol emas!

Infografika: Pirotexnika ofat keltiradi, yoxud musulmonni qoʻrqitish halol emas!

“Pirotexnika ofat keltiradi, yoxud musulmonni qoʻrqitish halol emas!” nomli innovatsion dasturlar va zamonaviy metodlarni oʻz ichiga olgan INFOGRAFIKA tayyorlandi.

Infografikada pirotexnika vositalarining moddiy va maʼnaviy zararlari, uning salomatlikka salbiy taʼsiri, Islom dinida insonni qoʻrqitish, ziyon yetkazish qattiq qoralanishi, shunday buyumlarni qonunga xilof tarzda ishlab chiqarish, sotish va tarqatish hamda ulardan foydalanish javobgarlikka sabab boʻlishiga oid maʼlumotlar ifoda qilingan.

Shuningdek, tarbiya ishiga mutasaddi boʻlganlar va ota-onalarga muhim tavsiyalar bayon etilgan.

Mobil qurilmalar orqali ham foydalanish uchun infografikaning PDF shakli, mavzuga oid videoroliklar va mazkur faoliyat bilan shugʻullanganlik uchun javobgarlik belgilangan tegishli kodekslar moddalarining QR kodlari berilgan.

Siz azizlardan ushbu infografikani keng tarqatish orqali noxush voqea-hodisalarning oldini olishga chaqiramiz.

Yuklab olish: Pirotehnika.pdf

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Manba: muslim.uz

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …