Home / FOTO LAVHALAR / “KONSTITUTSIYA – HUQUQ VA ERKINLIKLARIMIZ KAFOLATI”

“KONSTITUTSIYA – HUQUQ VA ERKINLIKLARIMIZ KAFOLATI”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 8 dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirni Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev kirish soʻzi bilan ochib, yigʻilganlarni Konstitutsiya qabul qilinganining 29 yilligi bilan qizgʻin muborakbod etdi.

Tadbir davomida Markaz ilmiy kotibi Baxtiyor Tursunov mavzu yuzasidan maʼruza qilib, Konstitutsiya tushunchasi va uning mohiyati, dunyo davlatlari tarixida oʻrnatilgan konstitutsiyaviy tartiblar, konstitutsiyamizning Bosh qonun sifatidagi ahamiyati va uning ayrim moddalari xususida maʼlumot berdi.

Uch ming yillik milliy davlatchilik hamda dunyo qonunchiligi tajribasi, shuningdek xalqaro inson huquqlari mezonlari aks etgan asosiy qonunimizda davlat xalqning irodasini ifoda etishi, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat muassasalari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida masʼulligi, inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qiymati, diniy eʼtiqodi va boshqa dahlsiz huquqlari oliy qadriyat ekani belgilab qoʻyilgan.

Soʻzga chiqqanlar respublikamizning barcha fuqarolari tomonidan Qomusda belgilab qoʻyilgan huquq va erkinliklardan keng va toʻliq foydalanib kelinayotgani, chunki Konstitutsiya xalqchil tamoyillar va ming yillar davomida shakllangan milliy maʼnaviyatimiz asoslariga tayanishini alohida taʼkidladilar.

Tadbir yuqori kayfiyat va bayram ruhida oʻtdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …