Home / YANGILIKLAR / Ilmiy-uslubiy kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi

Ilmiy-uslubiy kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida diniy taʼlim muassasalari va sohaga taalluqli ilmiy-tadqiqot markazlarining oʻquv-uslubiy, ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Ilmiy-uslubiy kengashining ikkinchi sonli majlisi boʻlib oʻtdi, deya xabar bermoqda Akademiya Axborot xizmati.

Majlisda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi kafedralarini Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi taʼlim muassasalariga biriktirish, oliy diniy taʼlim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tizimni takomillashtirish boʻyicha takliflar, oliy va oʻrta-maxsus islom taʼlim muassasalarida fanlarni oʻqitishda zamonaviy pedagogik usullarni tatbiq etish, Imom Moturidiy xalqaro markazining 2021 yilgi faoliyati sarhisobi kabi masalalar qizgʻin muhokama qilindi.

Majlis davomida diniy taʼlim sohasini anʼanaviy uslublarni saqlagan holda zamonaviy yondashuvlar asosida yanada takomillashtirish, respublikada Oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan innovatsiyalarni diniy taʼlimga tatbiq etish masalalari boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …