Home / FOTO LAVHALAR / Xorazm viloyati jamoatchiligiga “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining oʻzbek tilidagi nashri taqdim qilindi

Xorazm viloyati jamoatchiligiga “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining oʻzbek tilidagi nashri taqdim qilindi

Respublikamiz viloyatlarida buyuk alloma Imom Moturidiy “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan 30-juzi taqdimoti tadbirlari davom etmoqda.

Navbatdagi taqdimot Xorazm viloyatida boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimligi vakillari “Imom Faxriddin ar-Roziy” oʻrta-maxsus islom bilim yurti oʻqituvchi va talabalari, OʻMI ning Xorazm viloyatidagi vakili va faol imom xatiblar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.

Tadbirning ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosari M.Umurzakov, viloyat bosh imom-xatibi X.Abdullayev hamda “Imom Faxriddin ar-Roziy” oʻrta-maxsus islom bilim yurti mudiri D.Abduqodirovlar soʻzga chiqishib, mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar allomalarimiz hayoti va boy ilmiy merosini izchil oʻrganish va kengroq targʻib qilishga zamin hozirlayotganini, pirovardida islom ilmiga oid durdona asarlarni tarjima qilib xalqimizga taqdim etish imkoniyatlari yaratilayotganini alohida qayd etdilar.

Taqdimotda asosiy maʼruzachilar tomonidan asarni oʻzbek tiliga tarjima qilishning asosiy bosqichlari va eʼtiborga molik jihatlari, tarjimada inobatga olingan manbalar hamda asarning yuksak tarixiy va maʼnaviy-maʼrifiy qiymati xususida maʼlumotlar berildi.

Yigʻilganlar mazkur yirik ilmiy natija bugungi globallashuv jarayonida dolzarb ahamiyat kasb etishi, dinning sofligini saqlash va asl mohiyatini anglashda xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz uchun dasturilamal boʻlib xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

Imom Buxoriy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …