Home / FOTO LAVHALAR / Safar ilmiy hamkorlikning yangi sahifalarini ochmoqda

Safar ilmiy hamkorlikning yangi sahifalarini ochmoqda

Turkiya safarida boʻlib turgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbari Sh.Ziyodov mamlakatdagi Muftu Arif Akshit vaqfi kutubxonasini borib koʻrdi.

Kutubxonada jahon allomalari qalamiga mansub asarlarning qadimiy qoʻlyozma nusxalari saqlanadi. Kutubxonaning nodir xazinasidan shuningdek, Imom Buxoriy asarlarining XIII asrga oid koʻchirilgan nusxasi ham oʻrin olgan.

Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari uzviyligini taʼminlash asnosida mavjud qoʻlyozmalarni oʻrganish, kutubxonada Markaz xodimlarining tadqiqot ishlarini tashkil etishga oid muhim kelishuvlarga erishildi.

Nihoyada tomonlar oʻzaro esdalik sovgʻalarini almashdilar.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …