Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZNING NAVBATDAGI MЕHMONI – ELCHI XONIM

MARKAZNING NAVBATDAGI MЕHMONI – ELCHI XONIM

Joriy yilning 4 noyabr kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Misr Arab Respublikasining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Amira Fahmiy xonim tashrif buyurdi.

Mehmonni Markaz direktori oʻrinbosari O.Muhammadiyev kutib oldi. Elchi xonim tashrif avvalida Markaz muzeyidan oʻrin olgan Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosiga doir eksponatlar va nodir qoʻlyozma nusxalarini katta qiziqish bilan koʻzdan kechirdi. Mehmonga Imom Buxoriy hayoti va qoldirgan boy ilmiy-maʼnaviy merosi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Yuqori martabali mehmonga Markaz va uning boʻlimlari faoliyati, ilmiy xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va pirovardida erishilgan muvaffaqiyatlar hamda Misr Arab Respublikasining yirik ilmiy muassasalari bilan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalarining ayni paytdagi holati haqida soʻzlab berildi.

Elchi xonim koʻrsatilgan iltifot uchun minnatdorchilik bildirib, davlatimizda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar samaralarini alohida eʼtirof etdi va mazkur yoʻnalishda, xususan, Markazning Misrdagi ilm dargohlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish va koʻlamini kengaytirish borasida barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor ekanini bildirdi.

Tashrif doirasida elchi Amira Fahmiy xonim Markazning faxriy mehmonlar kitobiga oʻzining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

Yakunda mehmonga Markaz tomonidan nashr etilgan adabiyotlar taqdim etildi. Elchi xonim ham oʻz navbatida Markazga oʻz esdalik sovgʻasini hadya qildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Hamkorlik istiqbollari yuqori baholandi

Kuni kecha Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qozon shahrida joylashgan Abdulla Apanayev nomidagi madrasa va …