Home / VIDЕOLAR / Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Oʻmon davlatidagi yirik internet nashrlaridan birining nigohida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Oʻmon davlatidagi yirik internet nashrlaridan birining nigohida

Joriy yilning 24 oktyabr kuni Oʻmon Sultonligining “Asdaa Oman” internet nashri rasmiy saytida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati haqidagi lavha eʼlon qilindi.

Lavha mazkur nashr bosh muharriri Ali bin Xalfan al-Xasaniy va nashrning foto muxbiri Issa bin Xamis al-Raisiy tomonidan arab tilida tayyorlangan boʻlib, uning umumiy davomiyligi 8 daqiqani tashkil qilgan.

Lavhaning asosiy qismida Markazning Ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy boʻlimi boshligʻi Barot Amonovning intervyusi oʻrin olgan. Unda Markaz boʻlimlarining faoliyati, nashr va tarjima ishlari jarayonlari hamda xalqaro miqyosda oʻrnatilgan hamkorlik aloqalari haqida batafsil maʼlumot keltirilgan.

Maʼlumot oʻrnida: “Asdaa Oman” elektron gazetasi “ASDAʻA New Media” MCHJ muassisligida chop etilib, Oʻmon Sultonligi Axborot vazirligi tomonidan rasmiy litsenziyalangan.

Muhim va foydali maʼlumotlarni berish, ishonchli yangiliklarni nashr etish va obyektiv tahlilni taqdim etish, kishilik jamiyatining spektrini ifoda etuvchi barcha konstruktiv fikrlar va qarashlarga nisbatan ochiqlikni taʼminlash, jamiyatning xabardorligini oshirish va insoniyat madaniyatini turli siyosiy, iqtisodiy, intellektual, ilmiy, diniy, ijtimoiy, badiiy, sport, ekologik va kosmik sohalarda tarqatishga hissa qoʻshish hamda oʻquvchilarning turli yoʻnalishlar, tendensiyalar va turli sohalardagi mahalliy, arab va xalqaro gumanitar hodisalar va voqealarni yoritib berishga ixtisoslashgan mazkur internet nashr sahifalarini bir kunda 10 mingdan ortiq foydalanuvchi kuzatib boradi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …