Home / XALQARO YANGILIKLAR / DIQQAT, EʼLON!

DIQQAT, EʼLON!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Islom sivilizatsiyasi rivojiga benazir hissa qoʻshgan buyuk ajdodimiz Imom Buxoriyning ilmiy merosini xalqaro maydonda keng targʻib etish maqsadida “Sahihul Buxoriy” asarining jahon kutubxonalarida saqlanayotgan qadimiy va nodir qoʻlyozma nusxalari” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya oʻtkazilmoqda.

Unda Turkiya, Misr, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Qozogʻiston kabi davlatlardan qirqqa yaqin taniqli islomshunos, dinshunos olimlar hamda AYSЕSKO, IRSIKA singari xalqaro tashkilotlarning yetakchi ekspertlari ishtirok etadilar.

Konferensiyada “Sahihul Buxoriy” asarining jahon kutubxonalarida saqlanayotgan qadimiy va nodir qoʻlyozma nusxalari”, “Imom Buxoriy ilmiy merosi va hozirgi zamon”, “Movarounnahr ulamolarining islom sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan hissasi” mavzularida muhokamalar boʻlib oʻtadi.

Anjuman doirasida “Sahihul Buxoriy” asarining nodir qoʻlyozma nusxalari haqida taqdimot namoyish etiladi.

Konferensiya joriy yilning 15 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 13.00 da boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va boshqa hamkor tashkilotlar yurtimiz va xorijdagi ilmiy doiralar vakillari va tadqiqotchilarni onlayn tarzda boʻlib oʻtadigan xalqaro konferensiyaga taklif etadi.

Onlayn konferensiyada quyidagi ZOOM videokonferensiya dasturi orqali qatnashish mumkin.

✅ OCHILISH MAROSIMI: (13:00 – 13:40 – Toshkent vaqti bilan)
👉 https://kas-de.zoom.us/j/92269450367?pwd=U0N5NzF0MXhLOHFEQVFQTmJpU3NaZz09

🔹 1-SHOʻBA: (14:00 – 17:10 – Toshkent vaqti bilan)
👉 https://kas-de.zoom.us/j/92269450367?pwd=U0N5NzF0MXhLOHFEQVFQTmJpU3NaZz09

🔹 2-SHOʻBA: (14:00 – 17:00 – Toshkent vaqti bilan)
👉 https://us02web.zoom.us/j/89522633464

🔹 3-SHOʻBA: (14:00 – 17:00 – Toshkent vaqti bilan)
👉 https://us02web.zoom.us/j/84445568699?pwd=bGVBNXFwQ0Mzck1NbkZCZWduY1dIUT09

✅ YAKUNIY MAJLIS: (17:10 – 17:30 – Toshkent vaqti bilan)
👉 https://us02web.zoom.us/j/5258436902?pwd=bGJEODVUWTRJVnpIUG9Jeit1UHhpZz09

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz rahbari – Samarqanddagi yirik anjumanda

Bugun, 3-may kuni Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Turkiyadagi Egey universiteti …