Home / YANGILIKLAR / DIQQAT, EʼLON!

DIQQAT, EʼLON!

Mamlakatimizda ilk bor tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Abdumalik Tuychibayev tomonidan tahqiq etilib, Istanbuldagi “Hoshimiy” matbaasida nashr etilgan Abu Mansur Moturidiyning yaqin shogirdi Abulhasan Ali ibn Said Rustufagʻniyga mansub “Muxtasar Favoyidir Rustufagʻniy” nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtadi.
Taqdimot 2021 yil 19 iyul soat 12:00 da oʻtkaziladi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va boshqa hamkor tashkilotlar yurtimiz va xorijdagi ilmiy doiralar vakillari va tadqiqotchilarni onlayn tarzda boʻlib oʻtadigan taqdimot ishiga taklif etadi.

Onlayn taqdimotda quyidagi ZOOM videokonferensiya dasturi orqali qatnashish mumkin.

👉https://us02web.zoom.us/j/5258436902?pwd=bGJEODVUWTRJVnpIUG9Jeit1UHhpZz09

Taqdimot identifikatori: 525 843 6902
Parol: 12345

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …