Home / YANGILIKLAR / DIQQAT, EʼLON!

DIQQAT, EʼLON!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda oʻtkazib kelinayotgan “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzui doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan  onlayn-seminarlar davom etmoqda.

Ilmiy muloqotlar dasturiga koʻra, navbatdagi seminar joriy yil 6-iyul kuni Oʻzbekiston vaqti bilan soat 16:00da boʻlib oʻtadi. Unda Nyu-york universiteti huzuridagi Qadimgi dunyoni oʻrganish instituti professori Soren Starkning “ANTIK DAVR VA OʻRTA ASRLAR OʻRTASIDAGI BUXORO: BUXORO SHAHRISTONIDAGI YANGI ARXЕOLOGIK TADQIQOTLAR” mavzuidagi maʼruzasi tinglanadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va boshqa hamkor tashkilotlar yurtimiz va xorijdagi ilmiy doiralar vakillari va tadqiqotchilarni onlayn tarzda boʻlib oʻtadigan mazkur seminarga taklif etadi.

Onlayn seminarda quyidagi ZOOM videokonferensiya dasturi orqali qatnashish mumkin.

👉https://us02web.zoom.us/j/5258436902?pwd=bGJEODVUWTRJVnpIUG9Jeit1UHhpZz09

Seminar identifikatori: 525 843 6902
Parol: 12345

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Qoʻlyozmalar – ilm manbai va bilim bulogʻi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Movarounnahr muhaddislari asarlarining Jazoirda saqlanayotgan qoʻlyozma nusxalari” mavzusida xalqaro davra …