Home / FOTO LAVHALAR / Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay

Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay

29 iyun kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filialida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv shu mavzuga bagʻishlandi.

Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari T.Evadullayev va J.Jumayevlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

Notiqlar mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va tashabbuslarning mazmun-mohiyatiga alohida toʻxtalib, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, muqaddas dinimizning sofligini asrashda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining tutgan oʻrni va vazifalari toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berishdi.

Maʼruzachilar tomonidan shuningdek, islom dini rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosini keng targʻib qilish hamda ular asarlarida ilgari surilgan maʼnaviy va maʼrifiy gʻoyalarni yoshlar ongiga singdirish borasida qilinayotgan ishlarga oid maʼlumotlar keltirildi.

Tadbir savol-javoblarga boy, qizgʻin davra suhbati tarzida boʻlib oʻtdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari boshlandi

Oʻtayotgan haftada Samarqand viloyatidagi mahalla va taʼlim muassasalarida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori ostida keng …