Home / XALQARO YANGILIKLAR / Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi yana bir salohiyatli anjumanga mezbonlik qilmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi yana bir salohiyatli anjumanga mezbonlik qilmoqda

Ayni soatlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi hamda Konrad Adenauer jamgʻarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi hamkorligida Islom – tinchlik va maʼrifatparvarlik dini” mavzuida xalqaro onlayn davra suhbati boʻlib oʻtmoqda.

Unda tashabbuskor va hamkor tashkilotlar bilan birga Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlar idorasi rahbar xodimlari, shuningdek, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti hamda:

  • Gyote nomidagi Frankfurt universitetining Islom dini va madaniyatini oʻrganish instituti;
  • Gumboldt nomidagi Berlin universitetining Berlin Islom ilohiyoti instituti;
  • Myunster universiteti Islom bilimlari markazi;
  • Leypsig universitetining Sharqshunoslik institutlarining

mutaxassis va tadqiqotchi olimlari mavzuga oid maʼruzalari bilan ishtirok etishmoqda.

Ayni paytda davra suhbatida ishtirok etayotgan mahalliy va xorijlik mutaxassislarning mavzu doirasidagi maʼruzalari tinglanmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …