Home / FOTO LAVHALAR / Imom Moturidiy ilmiy merosining xalqaro miqyosdagi yana bir eʼtirofi

Imom Moturidiy ilmiy merosining xalqaro miqyosdagi yana bir eʼtirofi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari joriy yil 16 iyunda  onlayn tarzda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy simpozium ishida ishtirok etdi.

Tadbirda mahalliy olimlar bilan birga Misr Arab Respublikasi, Iordaniya, Turkiya, Germaniya, Shvetsiya, Fransiya, Bosniya va Gersegovina, Rossiya, Malayziya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Afgʻoniston davlatlaridan moturidiyshunos va islomshunos olimlar qatnashdi.

Anjuman avvalida qator hamkor tashkilotlar rahbarlari va vakillari nutq soʻzlab, Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimoti mohiyati, uning zamonaviy dunyo maʼnaviy qiyofasidagi yuksak ahamiyatini eʼtirof etishdi.

Shundan soʻng simpozium shoʻbalarga boʻlingan holda oʻz ishini davom ettirdi.

Simpozium ishida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov “Moturidiylikka oid yangi manbalar tahlili” mavzusida, markaz direktorining oʻrinborasi Otabek Muhammadiyev “Alouddin Usmandiy Samarqandiyning moturidiylik taʼlimoti rivojida tutgan oʻrni” mavzusida, hamda markaz ilmiy xodimi Olovxon Neʼmatov “Imom Moturidiy qarashlarida gunohi kabira qilgan moʻminlar masalasi” mavzularida maʼruzalar qilishdi.

  

Boʻlib oʻtgan anjuman xalqaro miqyosda Imom Moturidiy ilmiy merosini yana bir eʼtirof etish, moturudiylik taʼlimotining ahamiyatli jihatlariga eʼtibor qaratish va islom olamida moʻtadil taʼlimotni xalqaro jamoatchilikka yetkazishga zamin yaratdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …