Home / YANGILIKLAR / Hamyurtimiz “Butunjahon Qur’on soati” tadbirida ishtirok etdi

Hamyurtimiz “Butunjahon Qur’on soati” tadbirida ishtirok etdi

muslim.uz O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi, Musulmonlar idorasi vakillari O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida  “Butunjahon Qur’on soati”onlayn-tadbirida ishtirok etishdi. Tadbir Malayziya Islom sayyohlik markazi va WarisanUmmahIkhlas ma’naviy ma’rifiy jamg‘armasi hamkorligida tashkil etildi. 

Tadbirda dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlari vakillari ishtirok etdi. Uni Facebook va Malayziyaning yirik axborot manbalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib bordi. 

 Unda muqaddas islom dinini o‘rganishning muhim ahamiyatga egaligi, bunda  Imom Buxoriy, Imom Termiziy  kabi allomalarning o‘rni beqiyosligi qayd etildi. 

Ramazonning so‘nggi kunlarida yuzlab nafar ko‘nggillilar  Makkadagi mo‘’tabar masjidda ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatmoqda

muslim.uz MuqaddasRamazon oyida Makka shahridagi Mo‘’tabar Masjidda davlat va xususiy sektorlar, xayriya tashkilotlarining ko‘nggillilari  dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish uchun tinim bilmay ishlamoqda. 

Tashkilot rahbariyatining  ma’lum qilishicha, ba’zi ko‘nggilli tadbirlar keksalar va nogironlarni masjid ichida olib yurish, namozxonalarini tashkillashtirish,  kirish joylaridagi videokuzatuv kameralarini kuzatish va ijtimoiy masofaga amal qilishni ta’minlash kabi xizmatlarni o‘z ichiga oladi. 

Shuningdek, Saudiya Arabistoni Qizil Yarim oy jamiyati ham eng yangi tibbiy uskunalar bilan jihozlangan  tez yordam brigadasi xizmatini  joriy qildi. Rasmiylar Ramazon oyida masjidda 500 nafar ko‘nggilli xizmat qilayotgani  va so‘nggi o‘n kunlikda ular o‘z faoliyatilari soatini oshirishga  harakat qilishayotganini ma’lum qilishdi. 

Xalqaro yuk tashish to‘g‘risidagi bojxona Konvensiyasi doirasida Pokistondan O‘zbekistonga birinchi parvoz amalga oshirildi

muslim.uz Xalqaro yuk tashish to‘g‘risidagi bojxona Konvensiyasi doirasida Pokistondan Markaziy Osiyoga birinchi parvoz amalga oshirildi. Parvoz AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi va Pokistonning TCS Logistics kompaniyasi bilan hamkorlikda  tashkillashtirildi, deb xabar beradi AQSH ning O‘zbekistondagi elchixonasi. O‘simliklar asosida tayyorlangan dori vositalaridaan iborat yuk Karachi-Qobul-Termiz yo‘nalishi orqali Toshkentga  yetib keldi.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad Xalqaro yuk tashish to‘g‘risidagi bojxona Konvensiyasi doirasida Markaziy Osiyo va undan tashqaridagi  mamlakatlarga turli xalqaro tranzit yo‘nalishlarning samaradorligini  tekshirish hamda safar paytida yuzaga keladigan  operativ va logistika muammolarini aniqlashdir. Bu Pokistonni  Markaziy Osiyo davlatlari bilan bog‘laydigan quruqlik yo‘llari bo‘ylab bevosita savdo qilish imkonini beradi. 

 X X X

“Jahon matbuoti sahifalarida” turkumiga oid istaklaringiz, takliflaringiz va fikr-mulohazalaringizni pochta@uza.uzpochta  manziliga yuborishingizni so‘raymiz

Check Also

Hamkorlik istiqbollari yuqori baholandi

Kuni kecha Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qozon shahrida joylashgan Abdulla Apanayev nomidagi madrasa va …