Home / XALQARO YANGILIKLAR / Indoneziyadan munosabat: Al-Xorazmiyning hayoti va ijodi barchaga namuna bo‘lib xizmat qiladi

Indoneziyadan munosabat: Al-Xorazmiyning hayoti va ijodi barchaga namuna bo‘lib xizmat qiladi

Indoneziyaning «Kompas» axborot saytida buyuk matematik, astronom va geograf Al-Xorazmiy hayoti va ijodi haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Muallif Mahar Prastivi mazkur maqolasida O‘rta asr Sharqi buyuk allomasining aniq va tabiiy fanlar rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritgan. «Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy matematika taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan, – deb yozadi u. – Al-Xorazmiy qadimgi Xorazmda tug‘ilgan. U G‘arb va Yevropa mamlakatlarida Algoritmus nomi bilan ham mashhur. Al-Xorazmiy matematikadan tashqari astronomiya, musiqa, falsafa, geografiya, kimyo va boshqa fanlar bo‘yicha ham yetuk olim bo‘lgan».

Xorazmiy bir necha xorijiy tillarni mukammal bilgan va kitoblar tarjima qilgan. Uning «Al-Kitab al-muxtasar fi xisab al-jabr va’l-mukabala» nomli asari matematikada algebrani o‘rganishga asos bo‘lgan.

Muallif Al-Xorazmiy bu bilan cheklanib qolmay, birinchi bo‘lib fanga nol raqamini kiritganiga e’tibor qaratgan. Buyuk matematik olimning aql-idroki va asarlari ko‘plab G‘arb olimlarini imhomlantirgan. Jumladan, Kopernik ham Al-Xorazmiy asarlari va kashfiyotlaridan hayratlanganini e’tirof etgan.

«Jahon algebrasining otasi — Al-Xorazmiyning hayoti va ijodi barchaga namuna bo‘lib xizmat qiladi», – deya xulosa qiladi «Kompas».

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …