Home / MAQOLALAR / Solih zotlar Ramazon oyini qanday oʻtkazardilar?

Solih zotlar Ramazon oyini qanday oʻtkazardilar?

Muallo ibn Fazl aytadilar: “Solih zotlar Ramazon oyi kirishidan olti oy oldin Alloh taolodan Ramazon oyiga yetkazishini soʻrab duo qilar edilar. Ramazondan keyingi besh oy mobaynida Ramazon oyida qilgan ibodatlari va solih amallarini qabul qilishini iltijo qilib soʻrardilar”.

Sahobai kiromlar Ramazon oyi kirib kelishi bilan juda ham xursand boʻlar va oʻzlaridagi shodu xurramlikni zohir qilishar edi.

Zubayd Yomiy roziyallohu anhu sahobai kiromlarni jamlab, Qurʼon tilovat qilish va uni bir martabadan koʻp xatm qilish borasida musobaqalashar edilar.

Sufyoni Savriy rahmatullohi alayh Ramazon oyi kirishi bilan boshqa ishlarni quyib, Qurʼon tilovati bilan mashgʻul boʻlar edilar.

Imom Molik rahimahulloh Ramazon oyi kirishi bilan hadis aytish va ilm majlisidan uzulib, musʼhafdan Qurʼon tilovatiga kirishardilar.

Alloma Ibn Hajar Haytamiy rahmatullohi alayh aytadilar: “Imom Shofeʼiy rahimahulloh Ramazon oyida namozdan tashqari oltmishta xatm qilardilar”.

Imom Zuhriy rahmatullohi alayh Ramazon oyi kirsa: “Albatta bu oy Qurʼon tilovat qilish va miskinlarga taom ulashish oyidir”, deb aytardilar.

Muhammad ibn Ismoil Buxoriy rahmatullohi alayh Ramazon oyida har kuni kunduzi bitta xatm, Ramazondan soʻng esa har uch kunda xatm qilar edilar.

Imom Navaviy rahmatullohi alayh Ramazon oyi kelishi bilan oʻzlariga vazifa qilib olgan virdlarini toʻxtatib, Qurʼon tilovat qilish bilan mashgʻul boʻlardilar.

Imom Zahabiy rahmatullohi alayh aytadi: “Hammod ibn Abu Sulaymon saxiy boy kishi edi. Ramazon oyida har kuni yuz kishiga iftorlik qilib berardi. Iyd namozi oʻqib boʻlingandan soʻng ularning har biriga yuz dirhamdan ehson berardi”.

Alloh taolo bu muborak oyni barcha musulmonlar uchun manfaatli qilib, bu oydan ulkan ajr-savoblar bilan chiqishimizni muyassar aylasin.

Manba: muslim.uz

Check Also

OʻZBEK DAVLATCHILIGI TARIXINI OʻRGANISHDA “NIZOM AT-TAVORIX”NING AHAMIYATI

Oʻzbek davlatchiligini boshqargan somoniylar, saljuqiylar, anushteginiylar hamda moʻgʻullarga qaramlik davri (1220–1370) tarixiga oid manbalardan biri …