Home / 2022 / Iyun (page 6)

Monthly Archives: Iyun 2022

OʻZBЕKISTON TAJRIBASI XALQARO KONFЕRЕNSIYADA YUQORI BAHOLANDI

Qohirada davom etayotgan xalqaro anjumanning asosiy qismida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Islom maʼrifatini toʻgʻri yetkazish va buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi turish borasidagi Oʻzbekiston tajribasi haqida nutq soʻzladi. Xususan, “Jaholatga qarshi maʼrifat” tamoyili asosida ekstremistik gʻoyalar taʼsiridan xalqimizni himoya qilishda sof Islom aqidasini keng yoyish, chiroyli pandu nasihat qilish …

Batafsil

“SAHIHUL BUXORIY” – USTOZ OʻGITI BILAN YARATILGAN ASAR

Movarounnahrning ikki yirik muhaddisi Isʼhoq ibn Rohavayh bilan Imom Buxoriy oʻrtasidagi iliq munosabat, ustoz va shogirdlik uzoq yillar davom etgan. Imom Buxoriy tirishqoqligi, bilimga chanqoqligi va hofizasining kengligi bilan ustozlarini hayron qoldirgan. Koʻplab muhaddislar rivoyat qilgan hadislarni yod bilishi uning isteʼdodi yuksakligidan dalolat beradi. Ustozi Isʼhoq ibn Rohavayh unga sahih …

Batafsil

SAHOBALAR DAVRIDA HADISLARNING YOZILISHI

Barchamizga yaxshi maʼlumki, sahobalar Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning hayotlik davrida yaqin koʻmakdosh boʻlgan. Vafotlaridan keyin yoʻllarini mahkam tutib, himoya qilgan. Bu muborak avlodning saʼy-harakatlari sunnatni yozib, asrab-avaylash va ummatga yetkazishda birinchi asos boʻlgan. Ular dinni yoyish, eʼtiqodni mustahkamlash va sunnatni barcha nopok narsalardan himoya qilishda bayroqdorlik vazifasini oʻtagan. Quyida sahobalarning …

Batafsil

DOKTOR HAMZA BAKRIY MARKAZGA TASHRIF BUYURDI

Bugun ayni kunlarda mamlakatimizda boʻlib turgan Kalom va islom falsafasi boʻyicha yetuk olim, Turkiyaning Ibn Xaldun universiteti professori, doktor Hamza Bakriy Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Jamoliddin Karimov hamrohligida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Mehmonni Markaz direktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent …

Batafsil

Diqqat eʼlon

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Turkiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri — Ibn Xaldun universiteti professori, doktor Hamza Bakriy ishtirokida “Imom Abu Hanifa va Imom Buxoriyning imon masalasidagi qarashlari” mavzusida ilmiy seminar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Seminarda onlayn tarzda ishtirok etishga taklif qilamiz. Seminar bugun 8 iyunda, Toshkent vaqti bilan soat 15.00 …

Batafsil

Muftiy xalqaro konferensiyada muhim takliflarni ilgari surdi

7 iyun kuni Qohira shahrida boshlangan Islom olamida juda katta ahamiyatga ega boʻlgan anjumanning ochilish marosimida Muftiy Nuriddin domla hazratlari hozirgi kundagi eng muhim masalalarni ilgari surdilar. Nufuzli tadbir Qurʼoni karim tilovati bilan boshlandi. Ochilish marosimida Misr Arab Respublikasi muftiysi Shavqiy Allom kirish soʻzi bilan ochib, zamonaviy tahdidlarning oldini olish, …

Batafsil

ABDUKARIM BUXORIY VA UNING “TARIXI NADIMIY” ASARI

Manbalarda Abdukarim Buxoriy hayotiga oid maʼlumotlar kam uchraydi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, u 1760 yilda Buxoroda tugʻilgan va sayyidlar avlodidan boʻlgan. U Mir Alouddin davrida Buxoro amirligining iqtisodiyotini boshqargan[1]. Tarixchi, sayyoh va geograf Abdukarim Buxoriy oʻn olti yoshida Kashmir, Hirot va Qandahor boʻylab sayohatga chiqadi va Peshovar, Muzaffarobod orqali safarini yakunlab …

Batafsil

IMOM NASOIY – BUYUK MUHADDIS

Tarix sahifalaridan maʼlumki, Markaziy Osiyo hududidan islom ilmlari rivojiga ulkan hissa qoʻshgan koʻplab allomalar yetishib chiqqan. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning muborak hadislari Qurʼoni karim oyatlarining maʼno-mohiyatini toʻgʻri anglashda, islom taʼlimotini toʻgʻri tushunish borasida asosiy manba hisoblanadi. Hadis ilmi borasida oltita mashhur sahih toʻplam mavjud boʻlib ular ilm ahli orasida mashhur …

Batafsil

Misrning Qohira shahrida Islom olamining yirik ulamolari ishtirokida anjuman boʻlib oʻtadi 

Butun Islom olamining yirik ulamo va soha mutaxassislari ishtirokida Misrning Qohira shahrida anjuman boʻlib oʻtadi. Ushbu anjumanda Misr Arab Respublikasi muftiysi, professor Shavqiy Allom, “Al-Azhar” ulamolari kengashi aʼzosi, doktor Shayx Ali Juma kabi yirik Islom ulamolari, qolaversa, Bolgariya, Nigeriya, Indoneziya, Belgiya, Bahrayn, Iroq, Iordaniya, Livan, Singapur, Chad, Tanzaniya, Qamar orollari …

Batafsil