Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya sovrindori, Marokashdagi Abdulmalik Saʼdiy universiteti professori, dr. Abdurahim Alamiy Markazdagi ilmiy amaliyot dasturi yakun topgani munosabati bilan direktor Shovosil Ziyodov huzurida boʻldi. Muloqot davomida stipendiat amaliyot davomida erishgan natijalari haqida maʼlumot berib, ilmiy ishiga doir koʻplab manbalar ustida olib borgan tadqiqotlari samarasidan mamnuniyat bildirdi. Markaz …
BatafsilEPIGRAFIK YODGORLIKLAR DOIMIY EʼTIBORGA MUHTOJ
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida “Zarafshon vohasi madaniy boyliklari” turkumida navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz ilmiy xodimlari, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya sovrindorlari, yurtimiz va xorijdagi oliy taʼlim va ilmiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, Germaniya, Turkiya, Avstriyadan olimlar ishtirok etdi. …
BatafsilOʻZBЕKISTON HUDUDIDAGI EPIGRAFIK YODGORLIKLAR: TARIXIY TADQIQOT VA MUZЕYLASHTIRISH MUAMMOLARI
DIQQAT, EʼLON! Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida oʻtkazilayotgan “ZARAFSHON VOHASI MADANIY BOYLIKLARI” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminarga taklif etamiz. Bu galgi seminarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti Arxeologiya kafedrasi dotsenti Dr. Bobir …
BatafsilMARKAZNING NAVBATDAGI STIPЕNDIATI – KOʻHNA MAROKASHDAN
Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya joriy yilgi dasturining navbatdagi gʻolibi – Marokashdagi Abdulmalik Saʼdiy universiteti professori dr. Abdurahim Alamiy ilmiy amaliyot oʻtash uchun Markazga keldi. Xorijlik tadqiqotchi Markaz direktori Shovosil Ziyodov qabulida boʻldi. Muassasa rahbari amaliyotchini qutlab, dastur gʻolibligi bilan muborakbod edi. Abdurahim Alamiy samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etdi …
BatafsilHAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI BOSHLANDI
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qirgʻiziston-Turkiya Manas universiteti rektori Alpaslan Jeylan rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktori Shovosil Ziyodov qarshi olib, muzey va kutubxona faoliyati bilan tanishtirdi. Tashrif doirasida Markaz bilan universitet oʻrtasida hamkorlikka oid Anglashuv memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Bishkekda joylashgan Qirgʻiziston-Turkiya Manas universiteti Markaziy Osiyodagi eng …
BatafsilBITIKLARNI OʻRGANISHGA EHTIYOJ MAVJUD
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Islom hamkorlik tashkilotining (OIC) Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) Bosh direktorining oʻrinbosari Chengiz Tomer va Bosh direktor maslahatchisi Ashirbek Moʻminov tashrif buyurdi. Markaz direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev mehmonlarni muzey va kutubxona faoliyati bilan tanishtirdi. Islom olamining mazkur nufuzli tashkiloti …
BatafsilHAMKORLIK – SAMARADORLIK SARI QADAM
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev va Samarqandda mehmon boʻlib turgan Kuvayt islom sanʼati markazi doktori, mohir xattot Josim Meʼroj oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Suhbat chogʻida ikki tomonlama ilmiy manfaatga asoslangan hamkorlik istiqbollariga oid qator fikr-mulohazalar bildirildi va qisqa fursatlarda Anglashuv memorandumi loyihasini tayyorlash boʻyicha muzokaralar oʻtkazish …
BatafsilSTIPЕNDIAT AMALIYOTI YAKUNIGA YETDI
Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya sovrindori dr. Derya Idikurt Markazda oʻtayotgan amaliyoti yakun topgani munosabati bilan ilmiy tadqiqotlarining hisobot-taqdimotini oʻtkazdi. Amaliyotchi bu yerdagi ilmiy faoliyatida qoʻlga kiritgan natijalari sarhisobini keltirib, amaliy koʻmak uchun Markaz jamoasiga samimiy minnatdorlik bildirdi. Dr.Idikurt soʻnggi ikki oy mobaynida “Istanbuldagi buxorolik olim Shayx Sulaymon Afandi” mavzusidagi ilmiy …
BatafsilAJDODLAR MЕROSIDAN AVLODLAR BAHRA OLSIN
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga ayni kunlarda mamlakatimiz boʻylab safar qilayotgan Amerika Qoʻshma Shtatlari, Singapur, Turkiya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Braziliya, Niderlandiya, Misr Arab Respublikasining islom ilmlari boʻyicha 20 dan ortiq olimlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Ispaniyadagi Kordoba akademiyasi asoschisi Shayx Muhammad Daniyel rahbarlik qilayotgan delegatsiyani Markaz direktori oʻrinbosari, tarix …
BatafsilHAMKORLIKNING YANGI SAHIFASI OCHILDI
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Malayziya Milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti direktori, professor Fariza Binti Sham hamda institut direktori oʻrinbosari, dotsent Muhammad Al Adib bin Samuri va tadqiqochi Norshariani Binti Abdurahmon tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktori oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Otabek Muhammadiyev kutib oldi. Taʼkidlash lozimki, …
Batafsil