Home / XALQARO YANGILIKLAR (page 26)

XALQARO YANGILIKLAR

MARKAZ ILMIY XODIMLARI TURKIYADA AMALIYOT OʻTAMOQDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimining 3 nafar ilmiy xodimi Turkiya Respublikasiga ilmiy safarga joʻnab ketdi. Safar Turkiya universitetlari va tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish yuzasidan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha imzolangan “Yoʻl xaritasi” ijrosi doirasida uyushtirilgan boʻlib, bir oy muddatga moʻljallangan. Safarning …

Batafsil

MOVAROUNNAHR – ILM OʻCHOGʻI VA BUYUK ALLOMALAR YURTI

Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda “Al-Furqon” Islom merosi fondi hamkorligida “Oʻzbekistonning “Umumjaxon Islom qoʻlyozmalari tadqiqoti”da bayon etilgan boy ilmiy merosi” mavzusida onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, yurtimizda faoliyat yuritayotgan ilmiy muassasalar vakillari, soha …

Batafsil

DIQQAT, EʼLON!

Sizni Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Buyuk Britaniyaning “Al-Furqon” Islom merosi fondi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonning “Umumjahon Islom qoʻlyozmalari tadqiqoti”da bayon etilgan boy ilmiy merosi” mavzuida oʻtkaziladigan onlayn seminarga taklif etamiz. Seminarda Buyuk Britaniyaning “Al-Furqon” Islom merosi fondi boshqaruvchi direktori Dr. Sali Shahsivari oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etadi. …

Batafsil

Markaz olimi maqolasi yirik toʻplamdan joy oldi

2021 yilning 7-9 oktyabr kunlari Qirgʻizistonning Bishkek shahrida Qirgʻiz-Turk Manas universitetining 25 yilligiga bagʻishlab “Xalqaro oila va qadriyatlar” mavzusida oʻtkazilgan xalqaro simpozium maʼruzalar toʻplamida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori O.Muhammadiyevning “Islom dinida tenglik masalasi” nomli maqolasi eʼlon qilindi. Maqolada “tenglik” va “sheriklik” tushunchalarining …

Batafsil

YOSH OLIM SAMARQANDLIK ALLOMANI DUNYOGA TANITDI

Turkiyaning Dumlupinar universitetida islom mamlakatlari yosh olimlarining “Keling, tanishamiz…” deb nomlangan xalqaro fan, madaniyat va sanʼat kongressi oʻtkazildi. Onlayn va oflayn tarzda tashkil etilgan anjumanda turli davlatlardan 60 nafardan ziyod yosh olim va tadqiqotchi ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etdi. Kongressning “Islom mamlakatlaridagi ilmiy tadqiqotlar, imkoniyatlar va toʻsiqlar” nomli shoʻba yigʻilishida …

Batafsil

ISLOM OLAMIDAGI NUFUZLI NASHRNING EʼTIROFI

Islom hamkorlik tashkiloti Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRSIKA)ning yangi nashrdan chiqqan “Newsletter” axborot byulletenida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Sahihul Buxoriy” asarining jahon kutubxonalarida saqlanayotgan qadimiy va nodir qoʻlyozma nusxalari” mavzusida oʻtkazilgan xalqaro konferensiya tafsilotlariga oid maqola eʼlon qilindi. Anjuman ishi keng yoritilgan materialda xalqaro …

Batafsil

“ZARAFSHON VOHASI TARIXI VA MADANIYATI” MAVZUSI DOIRASIDA YANA BIR SЕMINAR

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda oʻtkazilyotgan “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, yurtimizda faoliyat yuritayotgan ilmiy muassasalar …

Batafsil

DINIY SOHADAGI ISLOHOTLAR TURKIYANING NUFUZLI AQL MARKAZI NIGOHIDA

Turkiyaning nufuzli aql markazlaridan biri – Strategik tafakkur instituti tomonidan yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tahliliy maqola eʼlon qilindi. Maqolada tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Sh.Islomov soʻnggi yillarda mamlakatimizda tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot markazlari, taʼlim muassasalarining boy ilmiy merosimizni oʻrganish, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, xalqimiz intellektual salohiyatini …

Batafsil

MASHHUR SHARQSHUNOS OLIM BILAN OCHIQ MULOQOT

Joriy yil 6 dekabr kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti huzuridagi Oʻrta Osiyo, Kavkaz va Ural-Volgaboʻyini oʻrganish markazi rahbari Vladimir Bobrovnikov tashrif buyurdi. Mehmonni direktor Shovosil Ziyodov kutib olib, Markaz muzeyi va undagi eksponatlar bilan tanishtirdi. Tashrif doirasida Markaz va Oʻrta Osiyo, Kavkaz va …

Batafsil

DIQQAT, EʼLON!

Sizni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti huzuridagi Oʻrta Osiyo, Kavkaz va Ural-Volga boʻyini oʻrganish markazi bilan hamkorlikda “ROSSIYADA ISLOMSHUNOSLIK VA ARABSHUNOSLIK” mavzuida oʻtkaziladigan onlayn ochiq muloqotga taklif etamiz. Ochiq muloqotda Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti huzuridagi Oʻrta Osiyo, Kavkaz va Ural-Volga boʻyini oʻrganish markazi …

Batafsil