Home / YANGILIKLAR (page 70)

YANGILIKLAR

INSON QADRLANGAN OʻLKAGA ALLOHNING RAHMATI YOGʻILADI

Bismillahir Rohmanir Rohim. Yaxshiliklar, xayrli ishlar bardavom boʻlib, inson qadri ulugʻlangan yurt doimo taraqqiy etadi. Xalqi hamjihatlikda, mehr-muruvatda umrguzaronlik qiladi. Shu bois ham mamlakatimizdagi bosh islohotlarda inson shaʼni, uning qadr-qimmatiga katta eʼtibor berilmoqda. Davlatimiz rahbari raisligida shu yil 26 yanvar kuni Oʻzbekistonning 2022-2026 yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni …

Batafsil

DUNYONI ODAMIYLIK VA YAXSHILIK OBOD ETADI

Bir mayizni qirq boʻlib yegan xalqmiz. Bagʻrikenglik, insonparvarlik qon-qonimizga singib ketgan. Ayniqsa, el uchun ogʻir, mashaqqatli va sinovli kunlarda xalqning saxovatpeshaligi, insonparvarligi, mehr-oqibati yanada yaqqol namoyon boʻladi. Tarix bunday voqeliklarga koʻp guvoh boʻlgan. Yaqin oʻtmishga murojaat qilsak ham, oʻtgan asr oʻttizinchi yillaridagi mudhish ocharchilik yillarida Toshkent, demakki butun Oʻzbekiston yurtimiz …

Batafsil

“Musulmon olimlarining jahon taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy forum boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 26 yanvar kuni Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi koʻmagida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston xalqaro Islom akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Malayziya milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti hamkorligida “Musulmon olimlarining jahon taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy veb-forum oʻtkazildi. Tadbirda 100 dan ortiq mahalliy va xorijiy tadqiqotchi …

Batafsil

“UMRA – 2022”: Makka va Madina ziyoratchilarni qabul qilishga tayyor!

Islom manbalarida haj va umra qiluvchilarga koʻmak bergan, uning ogʻirini yengil qilgan kishiga katta ajru savoblar borligi bayon etilgan. Ayni kunlarda ziyoratchilar ibodatlarini emin-erkin ado etishlari uchun qulay shart-sharoitlarni hozirlash ishlari Saudiya Arabistonidagi hamkor shirkat tomonidan yakuniga yetkazildi. Avval, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari koʻp yillik tajriba …

Batafsil

Umra ziyoratchilari uchun muhim eslatma!

Aziz ziyoratchilar! Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan belgilangan karantin talablariga koʻra, Masjidi Nabaviy ziyorati va Umra tadbirini amalga oshirish “Tawakkalna” va “Eatmarna” mobil dasturlari orqali amalga oshirilmoqda. Shunga koʻra, Sizlardan, safardan oldin ushbu mobil ilovalarni quyidagi havolalar orqali smartfon telefoningizga yuklab olishingizni soʻraymiz: Havolalar: “Andriod” dasturi uchun: Tawakkalna: https://play.google.com/store/apps/details?id=sa.gov.nic.tawakkalna&hl=ru&gl=US Eatmarna: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.sejel.eatamrna&hl=en_US&gl=US …

Batafsil

MARKAZ ILMIY XODIMLARI TURKIYADA AMALIYOT OʻTAMOQDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimining 3 nafar ilmiy xodimi Turkiya Respublikasiga ilmiy safarga joʻnab ketdi. Safar Turkiya universitetlari va tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish yuzasidan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha imzolangan “Yoʻl xaritasi” ijrosi doirasida uyushtirilgan boʻlib, bir oy muddatga moʻljallangan. Safarning …

Batafsil

EMLANISH KASALLIKDAN SAQLANISHNING MUHIM CHORASI

Bismillahir Rohmanir Rohim. Alloh taoloning bandalariga bergan behisob neʼmatlari ichida eng ulugʻi, bu — sihat-salomatlik. Shu bois, bu bebaho neʼmatning qadri nechogʻliq ulugʻ ekani haqida Hazrati Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam biz, ummatlarini ogohlantirib shunday marhamat qilganlar: “Ikki neʼmat borki, koʻpchilik odamlar uning qadriga yetmay aldanib qolganlar. U ikkisi — sihat-salomatlik va …

Batafsil

BUGUN TUGʻILGAN KUN

17 yanvar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov 1973 yil 17 yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Shovosil Ziyodov 1995 yil Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlab, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida faoliyat yuritgan. U 2017 yil Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy …

Batafsil

“UMRA – 2022”: narxlar, navbatlar, uchish vaqtlari va vaksinalar

Shu yil 5 yanvar kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Saudiya Arabistonidagi “Abu Sarhad” hamkor shirkati bilan “Umra – 2022” mavsumini amalga oshirish boʻyicha shartnoma tuzganlari haqida xabar bergan edik. Shundan soʻng, hududlarda pandemiyadan oldin navbatda turgan fuqarolar roʻyxatlarini shakllantirish, aviaqatnov jadvallarini ishlab chiqish, qoʻshimcha toʻlovlarni amalga …

Batafsil

MOVAROUNNAHR – ILM OʻCHOGʻI VA BUYUK ALLOMALAR YURTI

Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda “Al-Furqon” Islom merosi fondi hamkorligida “Oʻzbekistonning “Umumjaxon Islom qoʻlyozmalari tadqiqoti”da bayon etilgan boy ilmiy merosi” mavzusida onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, yurtimizda faoliyat yuritayotgan ilmiy muassasalar vakillari, soha …

Batafsil