Home / YANGILIKLAR (page 3)

YANGILIKLAR

Targʻibot tadbirlari boshlandi

Oʻtayotgan haftada Samarqand viloyatidagi mahalla va taʼlim muassasalarida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori ostida keng koʻlamli targʻibot tadbirlari boshlandi. Hududlarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirishga qaratilgan tadbir dastlab Samarqand shahridagi “Joʻyichuqur” mahallasi ahli ishtirokida tashkil etildi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov tomonidan mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan …

Batafsil

Mahalla raislari oʻquvi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Shukurillo Umarov Samarqandda viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish boʻyicha oʻtkazilayotgan oʻquv kursi doirasida tinglovchilar uchun “Ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlashda mahalla raislarining oʻrni” mavzusida mashgʻulot oʻtkazdi. Viloyatdagi mahallalarning …

Batafsil

Mashgʻulotlar amaliyot bilan bogʻlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan oʻtgan davr mobaynida qator xalqaro nufuzli tashkilot va ilmiy muassasalar bilan oʻzaro hamkorlikka oid anglashuv memorandumlari imzolanib, muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xalqaro faoliyat yoʻnalishidagi mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida imzolangan anglashuv memorandumi ijrosi asnosida Samarqand shahrida AQSH Tinchlik instituti (USIP) tomonidan Markaz ilmiy …

Batafsil

Markaz olimi – yirik anjumanda

Bugun, 24-aprel kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida “Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi yondashuvlar: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Sohaning mamlakatimizdagi taniqli olim va mutaxassislari qatnashgan anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim Mexrojiddin …

Batafsil

Muftiy hazratlari Islomiy fiqh akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi

20-aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasining 23-davra yig‘ilishida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ushbu Kengash a’zoligiga qabul qilinganlari e’lon qilindi. Islomiy fiqh akademiyasi Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini ushbu nufuzli akademiya a’zoligiga qabul qilish haqida qaror qabul qildi. Unda ishtirok etayotgan …

Batafsil

Jamiyat barqarorligini taʼminlashda yoshlarning oʻrni

Samarqand davlat chet tillar institutida «Jaholatga qarshi – maʼrifat» gʻoyasi asosida “Radikalizm – jamiyat barqarorligiga tahdid. Talaba-yoshlarni radikal aqidaviy oqimlar taʼsiridan asrash” mavzusida boʻlib oʻtgan maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktorining maslahatchisi, Falsafa fanlari doktori, professor B.Toʻrayev, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Samarqand viloyati boshqarmasi …

Batafsil

Tasavvuf – yirik ijtimoiy voqelik sifatida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi madaniy boyliklari” turkumida navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz xodimlari, yurtimiz va xorijdagi ilmiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, Germaniya, Avstriya va Turkiyadan olimlar ishtirok etdi. Seminarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi …

Batafsil

«OʻRTA OSIYO QOʻLYOZMALARI KODIKOLOGIYASI ELEMENTLARI»

 1-2-may, 2024-yil soat 10:00 da 📍 Oʻtkazish joyi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi 👤 Dr. Mari Eftimiyu Parijdagi Kollej de Frans (Collège de France) oʻquv-tadqiqot muassasasi olimasi, filologiya va tarix fanlari doktori, «Imom Buxoriy» xalqaro stipendiyasi sovrindori Kollej de …

Batafsil

“ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF TAʼLIMOTI TARIXI: NAQSHBANDIYA, YASSAVIYA, KUBROVIYA (XV-XIX ASRLAR)”

DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida “ZARAFSHON VOHASI MADANIY BOYLIKLARI” mavzusi doirasida o‘tkazilayotgan qator ilmiy ma’ruzalarni o‘zida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminarga taklif etamiz. Bu galgi seminarda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Ilmiy-tadqiqotlar boʻlimi boshligʻi, tarix fanlari boʻyicha falsafa …

Batafsil

“Buyuk sarkarda, adolat va ulugʻvorlik timsoli”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688-yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ana shunday nomlandi. Ilmiy xodimlar ishtirok etgan tadbirni Markaz rahbari Shovosil Ziyodov ochib, Temurning ulugʻvor siymosi, u barpo etgan saltanat qudratining davlatchiligimiz tarixida tutgan oʻrni va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi muhim ahamiyatini qayd etdi. Markaz …

Batafsil