Home / YANGILIKLAR (page 3)

YANGILIKLAR

Muftiy hazratlari Islomiy fiqh akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi

20-aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasining 23-davra yig‘ilishida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ushbu Kengash a’zoligiga qabul qilinganlari e’lon qilindi. Islomiy fiqh akademiyasi Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini ushbu nufuzli akademiya a’zoligiga qabul qilish haqida qaror qabul qildi. Unda ishtirok etayotgan …

Batafsil

Jamiyat barqarorligini taʼminlashda yoshlarning oʻrni

Samarqand davlat chet tillar institutida «Jaholatga qarshi – maʼrifat» gʻoyasi asosida “Radikalizm – jamiyat barqarorligiga tahdid. Talaba-yoshlarni radikal aqidaviy oqimlar taʼsiridan asrash” mavzusida boʻlib oʻtgan maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktorining maslahatchisi, Falsafa fanlari doktori, professor B.Toʻrayev, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Samarqand viloyati boshqarmasi …

Batafsil

Tasavvuf – yirik ijtimoiy voqelik sifatida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi madaniy boyliklari” turkumida navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz xodimlari, yurtimiz va xorijdagi ilmiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, Germaniya, Avstriya va Turkiyadan olimlar ishtirok etdi. Seminarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi …

Batafsil

«OʻRTA OSIYO QOʻLYOZMALARI KODIKOLOGIYASI ELEMENTLARI»

 1-2-may, 2024-yil soat 10:00 da 📍 Oʻtkazish joyi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi 👤 Dr. Mari Eftimiyu Parijdagi Kollej de Frans (Collège de France) oʻquv-tadqiqot muassasasi olimasi, filologiya va tarix fanlari doktori, «Imom Buxoriy» xalqaro stipendiyasi sovrindori Kollej de …

Batafsil

“ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF TAʼLIMOTI TARIXI: NAQSHBANDIYA, YASSAVIYA, KUBROVIYA (XV-XIX ASRLAR)”

DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida “ZARAFSHON VOHASI MADANIY BOYLIKLARI” mavzusi doirasida o‘tkazilayotgan qator ilmiy ma’ruzalarni o‘zida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminarga taklif etamiz. Bu galgi seminarda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Ilmiy-tadqiqotlar boʻlimi boshligʻi, tarix fanlari boʻyicha falsafa …

Batafsil

“Buyuk sarkarda, adolat va ulugʻvorlik timsoli”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688-yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ana shunday nomlandi. Ilmiy xodimlar ishtirok etgan tadbirni Markaz rahbari Shovosil Ziyodov ochib, Temurning ulugʻvor siymosi, u barpo etgan saltanat qudratining davlatchiligimiz tarixida tutgan oʻrni va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi muhim ahamiyatini qayd etdi. Markaz …

Batafsil

Xalqaro stipendiya sovrindori amaliyot boshladi

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiyaning joriy yildagi ilk sovrindori, Bishkekdagi Qirgʻiziston-Turkiya Manas universiteti ilmiy xodimi Ulanbek Qalmurza oʻgʻli ilmiy amaliyot oʻtash uchun Markazga keldi. Stipendiat Markaz rahbari Shovosil Ziyodov qabulida boʻlib, amaliyotdan koʻzlagan maqsadlari, olib borayotgan ilmiy izlanishlarining mohiyati haqida soʻzlab berdi. Qirgʻiz tadqiqotchisi soʻnggi ikki yil mobaynida “Xorazm hanafiylik …

Batafsil

SAXOVAT, EZGULIK VA POKLIK BAYRAMI

Poklanish, mehr-oqibat, insonparvarlik, bagʻrikenglik, ezgulik va saxovat oyi boʻlgan muborak Ramazonning ham soʻnggi kuni qoldi. Hayit arafasidagi ushbu qutlugʻ pallalarda hammaning koʻngliga shunday fayzli va barakotli kunlarga yetkazgani uchun Parvardigorga shukronalik tuygʻusi ingan. Barchaning qalbidan shunday saodatli oylarning yana koʻpini koʻrish umidi joy olgan. Qalblarga imon nurini baxsh etadigan ushbu …

Batafsil

Markaz faoliyati jonli efirda tahlil etildi

 Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yilgi faoliyat yakunlari va joriy yildagi rejalariga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Milliy matbuot markazi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbariyati hamda respublika OAV xodimlari ishtirok etdi. Markaz direktori Shovosil Ziyodov Markazning …

Batafsil

Ichki turizm imkoniyatlari namoyish etildi

«Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!» dasturi asosida yurtimizning barcha hududlarida oʻtkazilayotgan ichki turizm yarmarkasi Samarqandda ham tashkil etildi. Ushbu yarmarka 30-mart kuni Registon ansamblida boʻlib oʻtdi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 12-yanvardagi «Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil qilingan koʻrgazma …

Batafsil