Home / YANGILIKLAR (page 30)

YANGILIKLAR

Halima Yaqub mamlakatimizdagi diniy konfessiya rahbarlari bilan uchrashdi

Avval xabar berilganidek, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, Singapur Prezidenti Halima Yaqub davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻlib turibdi. Singapur rahbari bugun Toshkent shahrida mamlakatimizdagi diniy konfessiyalar rahbarlari bilan uchrashdi. Muloqot davomida Osiyo yuragida joylashgan qadim Movarounnahr va hozirgi Oʻzbekiston zamini, Buyuk ipak yoʻli orqali turli mintaqa, qitʼalar, madaniyat va ilmlarni bogʻlovchi markaz …

Batafsil

YANA BIR MUASSASA BILAN HAMKORLIKKA ASOS SOLINDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bugungi kunda dunyo miqyosida oʻttizdan ortiq nufuzli xalqaro tashkilot va ilmiy muassasalar bilan oʻzaro hamkorlikka oid anglashuv memorandumlarini imzolagan. Yaqinda yana bir ilmiy dargoh bilan hamkorlikka huquqiy asos solindi. Markaz bilan Moskva shahridagi Imom Muhammad al-Buxoriy nomidagi musulmonlar mahalliy diniy muassasasi oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi. …

Batafsil

MARKAZNING QOʻLYOZMALAR BILAN ISHLASHGA DOIR TAJRIBASI HAQIDA MAʼRUZA QILINDI

Markaz ilmiy xodimlari Olmaotada “Qozogʻistondagi qoʻlyozma fondlari: saqlash va tadqiq qilish” mavzusida oʻtkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdi. Tadbirda Markaz direktori Bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Toʻrayev “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining noyob qoʻlyozmalarni tadqiq etishga doir tajribasi” mavzusida maʼruza qilib, faoliyatning mazkur …

Batafsil

ZIYORAT TURIZMI SALOHIYATI NAMOYISH ETILDI

Kuni kecha Registon maydonidagi Mirzo Ulugʻbek madrasasida Samarqand viloyati hokimligi shafeligida Ziyorat turizmi yarmarkasi va koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Uning ochilishida mamlakatimizda keyingi yillarda yurtimizning sayyohlik salohiyati, shu jumladan ziyorat turizmini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tilga olindi. Tadbir hududning ziyorat turizmi imkoniyatlarini yoritishda amaliy jihatdan ahamiyatli ekani qayd etildi. Mazkur tadbirda …

Batafsil

MOVAROUNNAHR – ISLOM MADANIYATINING OʻCHOGʻI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiyaning 19 may universiteti rektor yordamchisi Prof. Dr. Chingiz Batuk va universitetning gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti falsafa kafedrasi mudiri Prof. Dr. Said Kurshunoʻgʻli tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktori oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Otabek Muhammadiyev qarshi oldi va muzey hamda kutubxona faoliyati …

Batafsil

MARKAZ ILMIY XODIMLARI QOZOGʻISTONDAGI NUFUZLI ANJUMANDA ISHTIROK ETDI

Joriy yilning 17-18 may kunlari Qozogʻistonning Olmaota shahrida Nur-Muborak Misr Islom madaniyati universiteti va Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRSIKA) bilan hamkorlikda “Hisomuddin Sigʻnoqiyning islom sivilizatsiyasidagi merosi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Qozoq elining atoqli olimi Hisomiddin Sigʻnoqiy tavalludining 800 yilligi munosabati bilan …

Batafsil

YETTB MЕHMONLARI – MARKAZDA

Yevropa tiklanish va taraqqiyot Banki (YETTB) Boshqaruvchilar kengashining Samarqandda oʻtkazilgan 32-yillik yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Marokash delegatsiyasining rahbari, Qirollikning moliya va iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik Boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Hisham Tolbi hamda Boshqarma boʻlim boshligʻi Braxim Chouki Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktori oʻrinbosari Otabek …

Batafsil

Mahalliy va xorijiy qoʻlyozma fondlaridagi Imom Buxoriy asarlarining 3296 nusxasi reyestri nashrga berildi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi axborot xizmati rahbari Sherzod Mamatov  maʼlum qildi: Hisobot davrida Imom Buxoriyning “Jomiʼ as-sahih” asariga oid xorijiy davlatlar qoʻlyozma fondlarida saqlanayotgan 30 ta qoʻlyozma nusxasining elektron versiyasi yuklab olindi. Shuningdek, Markaz fondida saqlanayotgan 75 ta qoʻlyozma asar annotatsiyasi tuzilib, ulardan 36 tasi markaz …

Batafsil

MARKAZDA YANA BIR XALQARO ILMIY SЕMINAR BOʻLIB OʻTDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Qoʻlyozmalarni tadqiq va tarjima qilish borasida xalqaro tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy seminar boʻlib oʻtdi. Tadbirda Markaz ilmiy xodimlari, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya sovrindorlari – Sankt-Peterburg davlat universiteti sharqshunoslik fakulteti Uzoq Sharq mamlakatlari tarixi kafedrasi dotsenti Irina Katkova, “Qirgʻiz-Turk Manas universiteti” tadqiqotchisi Derya Idikurt va …

Batafsil

HAMKORLIK UCHUN HUQUQIY ASOS YARATILADI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiyaning Dijle universiteti rektori maslahatchisi prof. dr. Ezeli Azarkan va mazkur ilmiy muassasa Bosh ilmiy kotibi prof. dr. Ali Karakash tashrif buyurdi. Markaz direktori Shovosil Ziyodov mehmonlarni muzey va kutubxona bilan tanishtirdi. Oʻtgan yilning mart oyida Turkiyadagi nufuzli oliy taʼlim maskanlaridan biri boʻlgan mazkur universitet …

Batafsil