Home / YANGILIKLAR (page 20)

YANGILIKLAR

MAHALLA RAISLARI BILAN MASHGʻULOT OʻTKAZILDI

Ayni kunlarda Samarqandda viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kursi davom etmoqda. Uning doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Shukrillo Umarov ishtirokchilar bilan “Mahalla raislarining ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash boʻyicha amalga …

Batafsil

GLOBALLASHUV DOLZARB VAZIFALAR IJROSINI TAQOZO ETADI

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Globallashuv jarayonida islomni tushunish muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Anjumanda yurtimizdagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Turkiya, Buyuk Britaniya, Pokiston, Malayziya ilmiy muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari bilan birga, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov ishtirok etib, “Musulmon jamoasida konfessiyalararo muloqot va jaholatga …

Batafsil

DUNYO BIRDIR muammo va yechimlar umumiy

Oʻzbekiston inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan keng koʻlamli demokratik islohotlarni amalga oshirish, ochiq va konstruktiv tashqi siyosat asosida jahon hamjamiyati bilan oʻzaro manfaatli hamda doʻstona munosabatlarni rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishmoqda. Buning natijasida mamlakatning xalqaro maydondagi obroʻ va nufuzi tobora yuksalib borayotir.  Bugungi kunga kelib, Oʻzbekistonning rivojlangan mamlakatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, …

Batafsil

MUQADDAS QADAMJOLAR BOY TARIXIMIZ VA UMRBOQIY QADRIYATLARIMIZDAN SOʻZLAYDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qozogʻistondagi Falsafa, siyosatshunoslik va dinshunoslik instituti huzuridagi Dinshunoslik markazi direktori Almasbek Shagʻirbay va ilmiy xodimi Nurmuhammed Meymanxoʻja tashrif buyurdi. Mehmonlar Markaz muzeyida boʻlib, Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosiga oid eksponat hamda qoʻlyozma manbalar nusxalari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi …

Batafsil

URGUTDA TARGʻIBOT ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, MFY raislari va profilaktika inspektorlaridan iborat “2+1” formatidagi targʻibot guruhlari 27 sentyabr kuni Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Quyi Algar” va “Mustaqillik” mahallalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish boʻyicha aholi xonadonlarida uchrashuvlar tashkil qildi. Suhbatlar davomida targʻibotchilar yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, ayollar va yoshlar …

Batafsil

IJTIMOIY-MAʼNAVIY MUHITNI SOGʻLOMLASHTIRISH – DAVR TALABI

Ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish boʻyicha Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, MFY raislari va profilaktika inspektorlaridan iborat “2+1” formatidagi targʻibot guruhlari 26 sentyabr kuni Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Quyi Algar” va “Chorchinor” mahallalarida uchrashuvlar tashkil qildi. Barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida oʻtkazilgan bu targʻibot tadbirlarida tinch va osuda …

Batafsil

IMOM-XATIBLAR OʻQUVI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Samarqand viloyatidagi imom-xatiblar malaka oshirish oʻquvining soʻnggi bosqichi asosan tinglovchilar ishtirokidagi interaktiv mashgʻulotlar asosida oʻtdi. Markaz trenerlari tomonidan ishtirokchilarni ikki shoʻbaga, katta va kichik guruhlarga boʻlgan holda, soha vakillari faoliyatida uchrash ehtimoli yuqori boʻlgan hayotiy vaziyatlar hamda muammoli holatlar chuqur tahlil qilindi. Qatnashchilar oʻrtaga tashlangan …

Batafsil

EZGU NIYATLARNING MUSTAHKAM POYDЕVORI

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa shukrki, yurtimizdagi inson manfaatlariga qaratilgan islohotlar dunyo hamjamiyati tomonidan ham munosib eʼtirof etilmoqda, taqdim etilgan taklif-tashabbuslar hayotiyligi bilan muhim ahamiyat kasb etayotir. Natijada mamlakatimiz dunyo miqyosida oʻz oʻrni, oʻz soʻziga ega boʻlib, dovrugʻi yanada yuksalmoqda. Prezidentimizning 2023 yil 17-21 sentyabr kunlari AQSHga qilgan safari ham …

Batafsil

OʻZBЕKISTON – BMT: HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorligi yangi bosqichga koʻtarildi. Davlatimiz rahbari, odatda, mazkur nufuzli tuzilma minbaridan turib soʻzlagan nutqlarida jahon hamjamiyati eʼtiborini sayyoramiz aholisi uchun oʻta muhim masalalarga qaratadi, qator muhim takliflarni ilgari suradi. Eng muhimi, ushbu taklif va tashabbuslar muntazam ravishda jahon hamjamiyati tomonidan eʼtirof etilib, BMTning …

Batafsil

Ezgu tashabbusni dunyo tan olgan mamlakat taklif qila oladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida soʻzlagan nutqida mamlakatimiz, mintaqamiz va butun dunyo miqyosidagi dolzarb muammolarni, tezkor yechimini kutayotgan masalalarni tilga olar ekan, diniy bagʻrikenglik masalasiga ham alohida toʻxtalib oʻtdi. Mamlakatimiz rahbari jahon miqyosida dinlararo bagʻrikenglik va hamjihatlik gʻoyalarini keng targʻib etish maqsadida Oʻzbekistonda YUNЕSKO shafeligida Dinlararo muloqot va …

Batafsil