Home / MAQOLALAR (page 7)

MAQOLALAR

QOʻSHNICHILIK HAQ VA ODOBLARINI QANCHALIK BILAMIZ?!

Kalomullohning Niso surasi 36-oyati karimasida Alloh taolo marhamat qiladi: “Allohga ibodat qilingiz va unga hech narsani sherik qilmangiz! Ota-onalarga esa yaxshilik qilingiz! Shuningdek, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh qoʻshniyu begona qoʻshni, yoningizdagi hamrohingiz, yoʻlovchi (musofir)ga va qoʻl ostingizdagi (qaram)larga ham (yaxshilik qiling)! Albatta, Alloh kibrli va maqtanchoq kishilarni sevmaydi”. Janobi Paygʻambarimiz …

Batafsil

TURKISTON HUDUDIDA SUD ISHLARI VA QOZIXONALAR TARIXI

Maʼlumki, qozi lavozimi islom huquqshunosligidagi oʻziga xos mansablardan biri sanalgan. Qozi soʻzi arab tilidagi “qazo”dan olingan boʻlib, lugʻaviy maʼnosi “kesish”, “ajratish” va “hukm qilish” maʼnolarini anglatadi. Hanafiy ulamolarining taʼrifiga koʻra oʻziga xos yoʻl bilan xusumatlarni ajratish va nizolarni kesish “qazo” deb yuritilgan. Zamonaviy tadqiqotlarda “qozilik” deganda mahkama, yaʼni “sud” muassasasi …

Batafsil

HIJRIY ILK UCH ASRDA MOVAROUNNAHRDAGI TAʼLIM MUASSASALARI

Movarounnahrga islom dini kirib kelishi bilan diniy taʼlim va u bilan bogʻliq ilmlar ham rivojlana boshladi. Ayniqsa, diniy va dunyoviy ilmlar uzviy holda taraqqiy etdi. Aynan shu davrdan boshlab hududlarda maktablar va madrasalar paydo boʻla boshladi. Madrasalar qadimdan Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida alohida nufuzga ega oʻquv maskani sifatida katta …

Batafsil

USTOZNING SHOGIRDIGA DEGANLARI

Oʻn oltinchi dars. Gʻiybat, chaqimchilik, hasad, kibr va gʻurur haqida. Ey oʻgʻlim! Yomon xulqlardan biri doʻsting haqida, u oʻz quloqlari bilan eshitganda yoqtirmaydigan gaplarni aytishing. Ey oʻgʻlim! Har bir insonning ayb va xatolari boʻladi. Sen yoʻqligingda ayblaring esga olinishini yoqtirmaganingdek, boshqalarning ham, ular yoʻqligida xatolarini gapirishdan tilingni tiy. Gʻiybatdan saqlan. …

Batafsil

SOXTA “TARIQAT”LARNING NOOʻRIN IDDAOLARI

Zarafshon vohasi tarixida tariqatdan saboq berishni daʼvo qiluvchilar, soxta tariqatchilar ham uchraydi. Soxta tariqatchilar deganda, tasavvufning faqat tashqi jihatlariga, marosim va turli zikr majlislariga asosiy eʼtiborni qaratib, uning falsafiy-irfoniy xususiyatlaridan bexabar faoliyat yuritayotgan, muayyan bir kishini pir sanab, uning etagidan tutuvchi, jamiyatning boshqa aʼzolaridan chetlashib, pir xizmatini hayotdagi eng asosiy …

Batafsil

SOF ISLOM VA SOXTA TARIQATCHILIK

Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatini har bir ishda moʻtadil boʻlgan, adolatli ummat ekanligini taʼriflab: ﴿وَكَذَلِكَ جَعَلْنَاكُمْ أُمَّةً وَسَطًا لِتَكُونُوا شُهَدَاءَ عَلَى النَّاسِ﴾ “Shuningdek (yaʼni haq yoʻlga hidoyat qilganimiz kabi), sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh boʻlishingiz va paygʻambar sizlarning ustingizda guvoh boʻlishi uchun oʻrta (adolatli) bir millat qildik”[1] deydi. …

Batafsil

DUNYOVIY VA DINIY QADRIYATLARNING MAʼNAVIY TARBIYADAGI UYGʻUNLIGI

Diniy va dunyoviy qadriyatlarda bagʻrikenglik gʻoyasiga tayangan Oʻzbekistonda  xilma-xil diniy eʼtiqodga ega boʻlgan turli millat vakillari hamjihat boʻlib, bir zaminda yashab, mehnat qilib kelayotgan bir vaqtda “dunyoviylik” tamoyilini toʻgʻri anglash, jamiyat, davlat va din orasidagi munosabatlarda muvozanatni saqlash masalasi nihoyatda dolzarb. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar …

Batafsil

“AGAR OGOHSAN SЕN – SHOXSAN SЕN. AGAR SHOXSAN SЕN – OGOHSAN SЕN!”

Xalqimizning milliy maʼnaviyati, oilalarimizda amal qilinadigan tartib-qoidalar yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga egaligini hammamiz juda ham yaxshi bilamiz. Ular oila mustahkamligini taʼminlashda ulkan va kuchli poydevor vazifasini oʻtashligini ham juda puxta egallaganmiz. Diyorimizda milliy qadriyatlar va muborak dinimizning ezgu taʼlimotlari asosida oilaga doir qonun-qoidalar yanada mukammal qayta ishlandi. Buyuk ota-bobolarimizdan meros …

Batafsil

“LUBOBUL HADIS” NING MARKAZ FONDIDAGI QOʻLYOZMA NUSXALARI

Tarixdan maʼlumki, XIV-XVI asrlarda islom olamida ilm-fan va madaniyat yuksak darajada rivojlangan. Shu bois bu asrlar islom madaniyatining oltin davri – Ikkinchi renessansi deb eʼtirof etilgan. Aynan oʻsha paytlar davlat yuritishdagi siyosat tubdan oʻzgarishi bilan birga, ilm-fanning turli sohalarida yuksak choʻqqilar zabt etilgan. Ayniqsa, tilshunoslik, tafsir, hadis, fiqh, tarix, adabiyot, …

Batafsil

OLLOHQULI BAHODURXONNING NOYOB MUSʼHAFI

Markaz qoʻlyozmalar fondi soʻnggi yillar mobaynida nodir asarlar bilan boyib bormoqda. Mahalliy aholidan xarid qilingan qoʻlyozma kitoblar orasida Xiva xoni Ollohquli Bahodurxonning (taxm.1794-1842) boʻyrugʻi bilan koʻchirilgan Qurʼoni karim ham mavjud boʻlib, u №344 raqam bilan fondda saqlanmoqda. Asar nisbatan yaxshi saqlangan. Unda oʻsha davrning kitobat sanʼatida qoʻllangan nafis, bejirim naqshlarning …

Batafsil