Home / MAQOLALAR (page 43)

MAQOLALAR

MAHMUD IBN ILYOS VA UNING “SHARHU ILYOS” ASARI

XII-XV asrlarda Movarounnahr mintaqasida fiqh ilmi misli koʻrilmagan tarzda rivojlandi. Ijtimoiy va sharʼiy kodekslarni oʻzida mujassam etgan fiqhga doir koʻplab asarlar dunyoga keldiki, ular hozirga qadar oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Hatto aholisi boshqa dinga eʼtiqod qiluvchi mamlakatlar ham oʻz davlatchilik qonunlarini shakllantirishda ana shu fiqhiy asarlardan andazalar oldi.  Kichik yoki Ikkinchi …

Batafsil

YoSHLARNING EKOLOGIK ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA ISLOM DINIDA ILGARI SURILGAN GʻOYALARDAN OQILONA FOYDALANISH ZARURATI

Butun dunyoda ilmiy jamoatchilikning oldida turgan dolzarb masalalardan biri – bu ekologik barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash bilan bogʻliq tadqiqotlarni yanada keng koʻlamda olib borishdan iborat. Zero, bugungi kunda barqaror ekologik vaziyatni, atrof-muhit musaffoligini saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning muhim subyektiv omili boʻlgan ekologik ongni shakllantirish, rivojlantirish va yuksaltirish, shuningdek …

Batafsil

BORLIQ HAQIDAGI KONSЕPSIYANING OʻZIGA XOS TALQINI

Maʼlumki, falsafa ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Bu shakl borliq toʻgʻrisida, unda insonning oʻrni qanday ekani, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari haqida maʼlumot beradi. U insonlarning dunyoqarashini aniqlashga imkoniyat yaratadi. Shunday ekan, falsafaning borliq haqidagi taʼlimoti oʻta muhim va dolzarbdir. Faylasuflarning hech biri borliq tushunchasini chetlab oʻtmagan. Har biri oʻzining borliq …

Batafsil

TASAVVUF TAʼLIMOTIDA KAROMAT MASALASI: FALSAFIY-IRFONIY TALQIN

Irfoniy bilimlar valiy va orifga qalb (koʻngil), farosat, basirat (botiniy nigoh), ilhom, kashf orqali toʻgʻridan-toʻgʻri Allohning dargohidan berilgan. Orif va valiy xushxulqligi va goʻzal axloqi, yuzidan nur yogʻilib turishi, nafsi ustidan hokim boʻlib, boshqalarning ozorini eʼtirozsiz qabul qilishi, barchaga mehr-shafqat koʻrsatishi bilan ajralib turgan. Kashf-karomat, gʻayritabiiy odatlar koʻrsatish tasavvuf shayxlarining …

Batafsil

MOTURIDIYA KALOM MAKTABIGA OID YANGI MANBALAR TAHLILI

Movarounnahrda kalom ilmining rivojlanishida, shubhasiz buyuk mutakallim Abu Mansur Moturidiyning (vaf. 333/944 y.) oʻrni nihoyatda katta boʻlgan. U yashagan davrga kelib (IX asrning oxiri – X asrning birinchi yarmi) islom dinida paydo boʻla boshlagan turli guruh va firqalarning soni koʻpayib ketgan edi. Bu hol imon-eʼtiqod masalalarida koʻplab ixtiloflarni keltirib chiqardi. Shunday …

Batafsil

BOʻLAJAK TARIX OʻQITUVCHILARINING KASBIY MЕTODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA IMOM BUXORIY SABOQLARINING OʻRNI

Mustaqillik yillarida taʼlim-tarbiyaning sifati va samaradorligini zamon talablari darajasiga koʻtarish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Taʼlim tizimi yangilanishlar, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurish jarayonlari bilan hamohang tarzda taraqqiy etib bormoqda. Boʻlajak tarix oʻqituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirishda zamonaviy bilimlar bilan birga, Imom Buxoriyning hayoti va faoliyati, uning ilmiy merosini oʻrganish …

Batafsil

ALISHЕR NAVOIY ASARLARIDA ARABCHA ORTTIRMA SIFAT DARAJALARINING QOʻLLANISHI

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch” asarida: “Inson qalbining quvonchi qaygʻusini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuygʻusi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz …

Batafsil

AJDODLARIMIZ MЕROSIDA YOLGʻONCHILIK ILLATINING QORALANISHI

“Yolgʻonchilikdan saqlaninglar, chunki u yomonlik bilan birga doʻzaxda boʻladi”. Hadisdan. Jamiyat sarvari insonning tabiatida ijobiy va salbiy xulqiy sifatlar mavjud boʻladi. Odam doimo oʻzidagi ijobiy xulqiy fazilatlarni asrash, salbiy xulqiy odatlaridan saqlanishga intiladi. Kishilardagi eng salbiy xulqiy odatlardan biri yolgʻonchilik hisoblanadi. Inson har qanday fikrning notoʻgʻriligini bilgani holda tasvirlashi yolgʻon …

Batafsil

BADIIY TAFAKKUR YOGʻDUSINI IZLAB: QADIM ARAB NOTIGʻI XITOBASI MISOLIDA

Insoniyat tamadduni bu yer yuzidagi turli xalqlar, millatlar, elatlarning milliy madaniy merosidan iborat yaxlit bir-butunlikdir. Bunda har bir milliylik oʻz ranglari, jozibasi bilan butunlikni bezaydi, oʻzining benazir oʻrnini koʻz oʻngimizda toʻldirib turadi. Bugungi kunning ehtiyoji esa insoniyat taraqqiyotining yangi va yuksak bosqichiga yoʻqotishsiz, xatolarsiz koʻtarilish ekan, bu jarayon aynan mana …

Batafsil

“SAHIHUL BUXORIY” – USTOZ OʻGITI BILAN YARATILGAN ASAR

Movarounnahrning ikki yirik muhaddisi Isʼhoq ibn Rohavayh bilan Imom Buxoriy oʻrtasidagi iliq munosabat, ustoz va shogirdlik uzoq yillar davom etgan. Imom Buxoriy tirishqoqligi, bilimga chanqoqligi va hofizasining kengligi bilan ustozlarini hayron qoldirgan. Koʻplab muhaddislar rivoyat qilgan hadislarni yod bilishi uning isteʼdodi yuksakligidan dalolat beradi. Ustozi Isʼhoq ibn Rohavayh unga sahih …

Batafsil