Home / MAQOLALAR (page 45)

MAQOLALAR

IMOM BUXORIYNING HADIS QABUL QILISHDAGI SHARTLARI

Muhammad ibn Ismoil Buxoriy yashab ijod etgan davrda hadis ilmi juda keng taraqqiy etgan. U kishining vafotidan keyin ham bir qancha muhaddislar yetishib chiqqan. Shunday boʻlsa-da, ulamo va muhaddislar nazdida faqat “Sahihul Buxoriy” asari eng sahih va eng mukammal deb eʼtirof etilgan. Buning sababi shuki, Imom Buxoriyning roviylardan hadis qabul …

Batafsil

SHARQIY OSIYODA ISLOM DININING TARQALISHIGA OID TADQIQOTLAR TAHLILI

Bugungi kunda yuzaga kelayotgan global ijtimoiy muammolarni hal qilish zarurati islom dinining tarqalishi va turli xalqlarning uni qabul qilishi tendensiyasini oʻrganishni muhim vazifa qilib qoʻymoqda. Islom dini va u kirib kelgan mintaqada qaror topgan umuminsoniy qadriyatlar va anʼanalardagi oʻxshash jihatlar, bu hududdagi etnik guruhlarning oʻzaro bagʻrikenglik va kelishuv asosida tinch-totuv …

Batafsil

XX ASR BOSHLARIDA BOSH VAQF BOSHQARMASINING SIYOSIY FAOLIYATI

Taʼlim va tarbiyaning shakllanishida oila va maktab alohida oʻringa ega. Milliy tarbiya xalqning tarixiy tajribasi asosida vujudga kelib, yosh avlod mafkuraviy ongini shakllantirishga qaratilgan anʼana, eʼtiqod va urf-odatlar tizimida namoyon boʻladi. Shuning uchun xalqimizning ilmiy-madaniy tarixini oʻrganish muammosi hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri hisoblanmoqda. XIX asrda davom etgan siyosiy kelishmovchiliklar …

Batafsil

OʻRTA OSIYO XONLIKLARIDA TAZKIRANAVIS IJODKORLAR

Tazkiralar[1] turkiy va musulmon olamida, xususan, Turkiya, Turon va Eron zaminida turli tarixiy davrlarda yashab oʻtgan shoirlar va ularning sheʼrlari jamlangan majmua sifatida doimo qadrlangan va maxsus yoʻnalish sifatida rivojlanib kelgan. Tazkiralar Oʻrta Osiyoda ham koʻp asrlik tarixga ega, ularning katta qismi shoirlarning ijodiga bagʻishlangan boʻlsa-da, orasida olimlar, hukmdorlar, diniy ulamolar, …

Batafsil

ISLOMDA OILA MUNOSABATLARI VA ER-XOTIN OʻRTASIDAGI MUSHTARAK HUQUQLAR

Bugun butun dunyo oila instituti inqiroziga, xususan, nikohlar beqarorligi, ajrashishlar soni ortishi, nikohsiz tugʻilishlar koʻpayishi, oilaviy hayot va farzand tarbiyasiga toqatsizlik kabi muammolarga toʻqnash kelyapti. Olimlar bunday muammolar millatning maʼnaviy tanazzuliga sabab boʻlishi mumkinligini ilmiy jihatdan asosladi. Bu borada Abdurauf Fitrat: “Har bir millatning saodati va izzati shu xalqning ichki …

Batafsil

RIVOYATDAGI HAQIQAT IZLARI

Tarixiy haqiqatlar hech qachon izsiz yoʻqolib ketmaydi. Ular avlodlar ongida rivoyatlar shaklida davom etadi. Ana shunday tarixiy haqiqatlardan biri qadimgi Xorazm davlatchiligining tarixi va aholisining etnik tarkibi bilan bogʻliq boʻlib, ular bizgacha Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari orqali yetib kelgan. Olimning yozishicha, qadimgi Xorazmning oʻzlashtirilishi makedoniyalik Iskandargacha, …

Batafsil

XIVA XONLIGIDA BIY LAVOZIMINING OʻRNI

Oʻzbek davlatchiligiga bagʻishlangan ilmiy ishlarda davlat, maʼmuriy [10:454] idora va boshqaruv tizimi boʻyicha maʼlum darajada tadqiqotlar olib borilgan [3:143;368:71]. Xiva xonligidagi unvon va mansablar, mansab egalarining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy mavqei kabi masalalarning baʼzi jihatlari N.N.Muravyov, A.A.Semyonov, A.Vamberi, N.Veselovskiy, V.V.Bartold, P.P.Ivanov, A.Boltayev, M.Yoʻldoshev, Q.Munirovning ishlarida oʻz aksini topgan. Mualliflar bu masalani …

Batafsil

Sualot kitoblari qanday asar?

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi muboraklari dinda Qurʼoni karimdan keyingi manba hisoblanadi. Hadislar Qurʼon oyatlarini tafsir qiladi, sharhlaydi, umumiy hukmlarni xoslaydi. Shunday muhim manbani uning sahihligi, aniqligiga taʼsir qiluvchi omillardan himoya qilish juda masʼuliyatli vazifadir. Hadis ilmida hadisning eng muhim tarkibiy qismi hisoblangan roviylar zanjiri, yaʼni sanadni tanqidiy oʻrganishga katta …

Batafsil

SAMARQANDDAGI MIRZO ULUGʻBEK MADRASASI TAʼMIRLANISHIGA DOIR

Samarqand shahri oʻzining qadimiyligi va betakrorligi bilan ajralib turadi. U oʻzining salkam uch ming yillik tarixini oʻzida mujassamlashtirgan. Oʻz tarixining turli yillarida bunyod etilgan muhtasham binolar shahar koʻrinishiga zeb bagʻishlaydi. Ana shunday muhtasham inshootlardan biri Ulugʻbek madrasasidir. U oʻzining mahobatliligi, noyob meʼmoriy xususiyati, boy qurilishi va taʼmirlash tarixi bilan ajralib …

Batafsil

OʻZBЕKISTON DINIY BAGʻRIKЕNGLIK BORASIDA NAMUNA

Maʼlumki, diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, uni qonuniy asoslarini mustahkamlash har bir mamlakat uchun dolzarb hisoblanadi. Oʻzbekiston koʻp konfessiyali mamlakat boʻlib, unda istiqomat qiladigan 130 dan ortiq millat va elat vakillari 16 konfessiyaga amal qiladi. Shu sababdan, turli din vakillari oʻrtasida oʻzaro hurmat ruhini qaror toptirish Oʻzbekiston uchun ham muhim ahamiyatga ega. Bu borada mustaqillik …

Batafsil