Home / MAQOLALAR (page 50)

MAQOLALAR

IBN DAVLAT DЕVONI QOʻLYOZMASINING XUSUSIYATLARI

Ibn Davlat devoni Sharq mumtoz devonchiligi anʼanalari doirasida tartib berilgan sheʼrlar toʻplami boʻlish bilan birga, u XX asrning 40-yillarida tuzilgani bilan ahamiyatlidir. Chunki, aynan shu davrda mumtoz merosga nisbatan bepisand qarash, uning juda koʻp jihatlarini rad etish tamoyillari sobiq sovet mustabid tuzumi adabiyotshunosligi va adabiyotida boʻy koʻrsatayotgan edi. Yuqorida taʼkidlanganidek, …

Batafsil

ISLOM SIVILIZASIYASINING MAʼNAVIY-RUHIY ASOSI

Bizga maʼlumki, sivilizatsiya tarixning, jamiyatning sifatiy oʻziga xosligini, u yoki bu mamlakat doirasida amal qiladigan, ishlab chiqarish kuchlari, inson faoliyati, madaniyati tomonidan umumiy ijtimoiy qonuniyatlarning spetsifikasini ifodalaydi. Sivilizatsiya murakkab mazmunga ega boʻlgan ijtimoiy-falsafiy tushuncha. Bu tushunchani shotland faylasufi A.Fergyusson (1723-1816) umumjahon taraqqiyotning maʼlum bir bosqichini ifodalash uchun ishlatgan boʻlsa, fratsuz …

Batafsil

IMOM BUXORIY ASARLARIDA QURʼON TAFSIRI

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (194/810-256/870) islom olamida “Muhaddislar imomi”, “Hadis ilmining sultoni” kabi bir qator sharafli nomlar bilan mashhur boʻlgan. Uning 20 ga yaqin asari sanab oʻtilgan. U nafaqat hadis, balki tafsir sohasida ham shuhrat qozongan. U mashhur “al-Jomeʼ as-sahih”dan oldin “Tafsirul kabir” (“Katta tafsir”) kitobini yozgan, lekin …

Batafsil

NONNI ISROF QILMANG UNING HAM UVOLI BOR

Koronavirus ofati jahon iqtisodiyotiga katta zarba berib, milliardlab zarar keltirdi. Ayniqsa, dunyoning oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy taʼsir oʻtkazdi. Natijada jahon bozorlarida shafqatsiz raqobat, “savdo urushlari”, qarama-qarshiliklar kuchayib bormoqda. Xalqaro ekspertlar fikriga koʻra, pan­demiya oqibatida ocharchilikdan qiynalayotgan aholi soni ikki barobar oshib, 1 mil­liard 600 millionga yetdi. Bir qator mamlakatlarda, xususan, Suriya, …

Batafsil

SOXTA SALAFIY BILAN BAHS

Hozirda soxta salafiylar kalom ilmini mutlaqo qoralab, ahli sunna imomi boʻlmish Imom Moturidiy (r.a)ni “kalomchi” “mutakallim” laqablari bilan masxara qilishmoqda. Aslida oʻzlari koʻp suyanadigan Ibn Taymiyaning kitoblarida ham kalom va mantiq ilmi qoidalaridan koʻp foydalanilganini kuzatish mumkin. Albatta har ikki olim ham kalom ilmi orqali botil firqalarga raddiya berish uchun …

Batafsil

TABRIZDAGI XORAZMLIK KOTIBLAR SULOLASI (Turkiya diyonat vaqfi “Islom ensiklopediya”sidagi maʼlumotlar asosida)

Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida Sheroz va Tabriz shaharlarini bejiz alohida taʼkidlab koʻrsatmagan koʻrinadi. Chunki, Eronning bu ikki qadimiy shahrida azaldan turkiyzabon adabiyot taraqqiy etgan, jumladan, bu shaharlarda Navoiy asarlari ham qayta koʻchirilgan. Bunda, albatta, kotiblar, xattotlarning xizmati katta boʻlgan[1]. XV asr oxirlarida bu yerda faoliyat koʻrsatgan eng mohir …

Batafsil

XOJAGON-NAQSHBANDIYA TARIQATINING VUJUDGA KЕLISHI, YOYILISHI VA XORIJIY OʻLKALARGA TARQALISHI

Xojagon-naqshbandiya tariqati uzoq tarixga ega boʻlgan Markaziy Osiyo tasavvuf maktabi anʼanalari davomchisi sifatida mahalliy ildizlarga ega boʻlib, jumladan, Hakim Termiziy (205/820 – 320/932), Abu Bakr Kalobodiy (305/917 – 385/995), Mustamliy Buxoriy (vaf. 434/1043) kabi soʻfiylar va tasavvuf nazariyotchilari gʻoyalaridan taʼsir olgan. Shunday boʻlsa-da, xojagon-naqshbandiya tariqatining bevosita muayyan tashkilot sifatida vujudga …

Batafsil

ISLOM DININING KORЕYADA TARQALISHIGA DOIR TARIXIY VA IJTIMOIY ASOSLAR

Koreya davlatchilik tarixi oʻziga xos xususiyat va mintaqa madaniyati umumiy manzarasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatgan jihatlarga ega. Koreys manbalarida Koreya yarimoroli va musulmon dunyosi oʻrtasidagi aloqalar XI asrdan, arab manbalarida esa musulmonlarning ushbu yarimorol bilan munosabatlari Birlashgan Silla (661-935 yy.) podsholigi davridan boshlangani qayd etilgan. Savdo maqsadida Xitoyga kelgan koreys …

Batafsil

TURKISTON MAʼRIFATPARVARLARINING AYANCHLI QISMATI

Ona Vatanga muhabbat, el-yurtga beminnat xizmat qilib, ozod, erkin va farovon jamiyat barpo etish taraqqiyparvarlarning eng ulugʻ orzusi boʻlgan. Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Alixontoʻra Sogʻuniy, Abdulla Qodiriy, Ismoil Obidov, Ubaydulla Xoʻjayev, Ahmadjon Bektemirov, Polvonniyoz Hoji Yusupov, Tavallo, Choʻlpon kabi jadid namoyandalarning ilm-maʼrifat yoyish yoʻlidagi saʼy-harakatlari, …

Batafsil

DINIY BAGʻRIKЕNGLIK – JAMIYAT BARQARORLIGI GAROVI

Maʼlumki, bugungi kunda dunyoda 1600 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydi. Xaritada esa 200 dan ortiq davlatni koʻramiz. Demak, davlatlarga koʻp millatlilik xosdir. Mazkur millatlar vakillari turli eʼtiqod, xususan, diniy eʼtiqodga amal qiladi. Bu 130 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladigan Oʻzbekiston uchun ham xosdir. Aholining 90 foizdan ortigʻi …

Batafsil