Home / MAQOLALAR (page 20)

MAQOLALAR

JANNAT – ONALAR OYOGʻI OSTIDA

Bir hadis sharhi Imom Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” toʻplamida kelgan hadislar hayotning barcha jabhalarini qamrab oladi. Shulardan biri ota-onaga yaxshilik qilish haqidagi hadislardir. Ulamolar shunday hadisi shariflardan birini qanday sharhlaganini va unda bayon etilgan odob-axloqqa oid masalalarni koʻrib chiqsak. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning …

Batafsil

“AL-JOMEʼ AS-SAHIH” MICHIGAN NUSXASI (2-qism)

Imom Buxoriy rahmatullohi alayhning “Al-Jomeʼ as-Sahih” asari nusxalari Dunyoning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanmoqda. Jumladan, AQSHning Michigan kutubxonasida ushbu asarning “Vahiyning boshlanishi” bobidan “Sahobalarning fazilati” bobidagi 3758-hadisgacha boʻlgan qismi nusxasi saqlanib kelayotganini avvalgi maqolamizda bayon qilgan edik. Navbatdagi noyob nusxa “Vahiyning boshlanish kitobi” bobidagi 1-hadisdan boshlanib, “Duolar kitobi” bobidagi 7563-hadis bilan nihoyalangan. …

Batafsil

SULOSIYOTUL BUXORIY (2-qism)

Mazkur “Sulosiyotul Buxoriy”ning muqaddimasi Ibn Hajar Asqaloniyning (1372/1449 y.) muqaddimasidagi jumlalar bilan boshlangan. Ibn Hajar Asqaloniy “Al-Jomiʼ as-sahih”ning eng mashhur sharhlaridan biri “Fathul Boriy”ning muallifidir. U zot qohiralik boʻlib, xalq orasida shofeiy mazhabining taniqli olimi, muhaddis va muarrix sifatida tanilgan. Ibn Hajar Asqaloniy “Fathul Boriy”dan tashqari “Ad-Durarul komina”, “Lisonul mezon”, …

Batafsil

BЕSHIKDAN QABRGACHA ILM IZLANG!

Islomda ilm talabi har bir musulmon erkak va ayolga farz qilingan. Buni quyidagi hadislar misolida koʻrish mumkin. Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Kim ilm talab qilish yoʻliga yursa, Alloh unga jannat yoʻlini oson qilib qoʻyadi. Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanoatlarini yozib qoʻyadilar. Albatta, …

Batafsil

SULOSIYOTUL BUXORIY

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy “Amirul muminin fil hadis” “(Hadis ilmida muminlarning amiri)” “Imomul muhaddisin” (Muhaddislar imomi), “Imomud dunyo” “(Dunyo imomi)” va “Shayxulislom”[1] rutbalariga sazovor boʻlgan. Allomaning hayoti va boy maʼnaviy merosini keng tadqiq etish yuzasidan nafaqat yurtimiz, balki butun islom olamida keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Manbalarda Imom …

Batafsil

BIRODARLIK – IMON KOMILLIGI

Islom dini taʼlimotlari va qonunlari insonlarning dunyo va oxirat saodatiga erishishi uchun Parvardigori bilan aloqasini toʻgʻrilashga qaratilgan. Shu bilan birga, islom odamlarning bir-biri bilan munosabatlarini tartibga soluvchi hukmlarni joriy qilgan, toki jamiyatda birodarlik va mehr-oqibat ustuvor boʻlsin. Bunga uning har bir aʼzosi oʻzining shaxsiy foydasi kabi boshqalarning ham manfaatini koʻzlasagina …

Batafsil

ISLOMDA MUNOSABATLARNING BOSH TAMOYILI TINCHLIKDIR

Islom dini odamlarni eng yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalaydi, insonparvarlik, xalqparvarlik, adolat, halollik, boshqa dinlarga ehtirom, olijanob axloqni targʻib etadi. Islomiy aqidaga toʻgʻri amal qilib yashagan inson mansab, moddiy manfaatni koʻzlab emas, balki Allohning roziligi yoʻlida jamiyat baxt-saodati uchun sidqidildan mehnat qiladi. Bunday tushuncha har bir ezgu niyatli kishining oliy …

Batafsil

AMALDA DAVOMLI BOʻLING!

Imom Buxoriy oʻzining shoh asari boʻlmish “Sahihul Buxoriy”ni jamlashda barcha jihatlarni eʼtiborga olgan. Deylik, bu toʻplamdan fiqh yo kalom ilmi mutaxassislari ham, yoki aqida ulamolari ham keng foydalanadi. Yaʼni, har bir soha vakili undan oʻziga foyda oladi. “Sahihul Buxoriy” bilan tanishgan kishi Imom Buxoriy bu asarni yozishda oddiy insonlarni, yaʼni …

Batafsil

USTOZNING SHOGIRDIGA DЕGANLARI

Uchinchi dars. Alloh taolo va Rasulining haqlari. Ey oʻgʻlim! Alloh taolo seni yaratdi, paydo qildi. Oʻzining zohiriy va botiniy[1] neʼmatlarini senga mukammal qilib berdi. Avvalida sen onang qornida nutfa eding. Unda sen Rabbingning hifzida boʻlib, Uning rahmati ila tugʻilding va komil insonga aylanding. U senga soʻzlovchi til, koʻruvchi koʻz, eshituvchi quloq, …

Batafsil

YETIMGA QAHR, MISKINGA JAHL QILMANG!

Jamiyatda insonlarning bir toifasini yetim, zaif va miskinlar tashkil etadi. Ularga yaxshilik qilish, yordam koʻrsatish va mehr-muruvvatli boʻlish har bir insonning burchidir. Shunda ular boqimanda boʻlmaydi, birovga zarari yetmaydi va oʻzlaridagi muammoni his qilib yashaydi. Boshqalar orasida oʻzini noqulay his qilmaydi.  Qurʼoni karim va Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida yetim …

Batafsil