Home / YANGILIKLAR / Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida tayanch doktorantura, doktorantura va stajor-tadqiqotchilik instituti uchun 2022-yil qabul kvotalari tasdiqlandi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida tayanch doktorantura, doktorantura va stajor-tadqiqotchilik instituti uchun 2022-yil qabul kvotalari tasdiqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22 maydagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida tayanch doktorantura va doktoranturaga davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga oʻqitish uchun 2022-yil qabul kvotalari tasdiqlandi.

Qabul kvotalari Akademiyada faoliyati yoʻlga qoʻyilgan ixtisosliklar boʻyicha quyidagicha taqsimlandi:

 

Ixtisoslik shifri va nomi

2022 yil uchun ajratilgan kvotalar soni

Tayanch doktorantura

tura

Doktorantura

Stajor-tadqiqotchilik

1.

07.00.04 – Dinshunoslik

3

1

2.

19.00.07 – Din psixologiyasi

2

2

3.

24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi

4

1

4.

24.00.02 – Qurʼonshunoslik. Hadisshunoslik.

6

1

1

5.

24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot.

6

1

6.

24.00.04 – Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi

2

1

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

Tayanch doktorantura, stajor-tadqiqotchilik institutiga:

– ariza;

– qisqacha biografik maʼlumotnoma;

– pasport nusxasi;

– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

– oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi;

– nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari;

– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi.

Doktoranturaga:

– ariza;

– qisqacha biografik maʼlumotnoma;

– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

– oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;

– tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

– nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek, ularning nusxalari.

Mustaqil izlanuvchilikka:

– ariza;

– qisqacha biografik maʼlumotnoma;

– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik diplom nusxasi;

– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

– ilmiy ishlar roʻyxati va ularning nusxasi;

– fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

– ish joyidan tavsifnoma.

Hujjatlar 2021-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha http://www.phd.mininnovation.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 11-uy.

Murojaat uchun telefon: (71) 244-00-56. Faks (71) 244-00-65.

Manba: iiau.uz

Check Also

Targʻibot tadbirlari boshlandi

Oʻtayotgan haftada Samarqand viloyatidagi mahalla va taʼlim muassasalarida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori ostida keng …