Home / YANGILIKLAR / Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston Strategiyasi” nomli kitobi chop etildi

Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston Strategiyasi” nomli kitobi chop etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston Strategiyasi” nomli kitobi chop etildi. Unda Yangi Oʻzbekiston va Uchinchi Renessansni qurish boʻyicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.

Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining syezdida prezident Shavkat Mirziyoyevning yangi kitobi taqdim etildi. Bu haqda “Gazeta.uz” muxbiri xabar bermoqda.

Kitob muqaddima, 7 boʻlim va xotimadan iborat.

 

Boʻlimlar quyidagicha nomlangan:

  • “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi”
  • “Xalqparvar davlat”
  • “Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish”
  • “Adolatli ijtimoiy siyosat”
  • “Maʼnaviy taraqqiyot”
  • “Xavfsizlik va tashqi siyosat”
  • “Oʻzbekiston va umumbashariy muammolar”.

Kitob soʻzboshida aytilishicha, ushbu kitobda Yangi Oʻzbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yoʻnalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.

“Yangi Oʻzbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirga davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan gʻoyaviy-maʼnavyi asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng koʻlamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir”, — soʻzlari bilan kitob boshlanadi.

Prezident matbuot kotibining maʼlum qilishicha, Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi ham “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” deb nomlanadi.

Check Also

Hamkorlik istiqbollari yuqori baholandi

Kuni kecha Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qozon shahrida joylashgan Abdulla Apanayev nomidagi madrasa va …