Home / FOTO LAVHALAR / Hamkorlik istiqbollari yuqori baholandi

Hamkorlik istiqbollari yuqori baholandi

Kuni kecha Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qozon shahrida joylashgan Abdulla Apanayev nomidagi madrasa va Tatariston Respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Markaz direktori Shovosil Ziyodov va boshqa masʼul xodimlar kutib oldi. Tashrif davomida delegatsiya aʼzolariga Markazning tashkil etilishi tarixi, maqsad va vazifalari, bugungi kundagi ilmiy faoliyati, xalqaro aloqalari, jumladan, Bulgʻor islom akademiyasi bilan oʻrnatilgan hamkorlik samarasi xususida maʼlumot berildi.

Delegatsiya rahbari, Qozon islom universiteti dotsenti, Bulgʻor islom akademiyasi oʻqituvchisi, tarix fanlari nomzodi Niyaz hazrat Sabirov Oʻzbekistonda diniy maʼrifat sohasiga qaratilayotgan yuksak eʼtibordan mamnunligini bildirdi. Shuningdek, Markaz bilan hamkorlik sharaf bagʻishlashini, chunki uning faoliyati dunyo ilmiy doiralarida yuqori baholanayotganini eʼtirof etdi.

Muloqot davomida ilmiy muassasalar oʻrtasida taʼlim va fan sohasidagi hamkorlikni takomillashtirishning yorqin istiqbollariga ham urgʻu berildi.

Tashrif nihoyasida mehmonlarga Markaz tomonidan nashr etilgan adabiyotlar toʻplami taqdim etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Tadqiqotini kutayotgan qoʻlyozmalar bisyor

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon …