Home / FOTO LAVHALAR / Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman hokimligi va Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning tuman boʻlimi hamkorligida tumandagi “Moybuloq” MFYda tashkil etildi.

Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev mahalla faollari bilan aholi oʻrtasida olib borilayotgan halol va faol mehnat targʻiboti, yurtni obod qilish, Vatan taraqqiyoti va farovonligiga hissa qoʻshishga qaratilgan amaliy ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan muloqot oʻtkazdi. MFY raisi Orifjon Xushmamat oʻgʻli bu kabi muloqotlar yoshlarni jismonan sogʻlom, maʼnan barkamol etib tarbiyalash, ular ongini yot gʻoyalar taʼsiridan himoya qilishda ham uslubiy koʻmak vazifasini oʻtashini taʼkidladi.

Markaz katta ilmiy xodimi O.Muhammadiyev mahalladagi 107-son oʻrta-umumtaʼlim maktabida ham aholi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda maʼruzachi yurtimizda din va diniy bagʻrikenglik muhitini yanada mustahkamlash borasida olib borayotgan ishlar xususida maʼlumot berdi. Shuningdek, dunyo miqyosida radikalizm va boshqa buzgʻunchi gʻoyalar tashviqoti kuchayib borayotgan bugungi kunda bunday holatdan ayniqsa yoshlarni ogoh qilish zarur ekanini taʼkidladi.

Targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …