Home / YANGILIKLAR / BAGʻRIKЕNGLIKNI TAʼMINLASHDA MFY RAISLARINING OʻRNI

BAGʻRIKЕNGLIKNI TAʼMINLASHDA MFY RAISLARINING OʻRNI

Ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni keng targʻib etish bugungi kunda dolzarb masalaga aylanmoqda. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassislarining Samarqand shahridagi mahalla fuqarolar yigʻinlarining 25 raisi bilan oʻtkazgan oʻquv-seminari shu mavzuga bagʻishlandi.

Anjumanda MFY raislari bu yoʻnalishdagi faoliyati tahlil etilib, bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi. Shahar mahallalarida istiqomat qilayotgan turli millat va din vakillari oʻrtasida hamjihatlik va bagʻrikenglikni keng targʻib etishning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Interaktiv uslublar asosida oʻtkazilgan mashgʻulot savol-javoblarga boy boʻldi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot markazi

Check Also

Tadqiqotini kutayotgan qoʻlyozmalar bisyor

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon …