Home / FOTO LAVHALAR / Targʻibot tadbirlari Narpay tumanida tashkil etildi

Targʻibot tadbirlari Narpay tumanida tashkil etildi

Targʻibot guruhining Samarqanddagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari 11-oktabr kuni Narpay tumanida davom etdi.

 

“Xalqobod” MFYda oʻtkazilgan uchrashuvda hozirgi globallashuv sharoitida ongni egallashga qaratilgan xurujlardan himoyalash uchun yoshlarda mustahkam maʼnaviyatni shakllantirish, ularni yot oqimlar taʼsiridan asrash, farzandlarimizda milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizga tayangan mafkuraviy immunitet va axborot isteʼmoli madaniyatini tarkib toptirishga oid amaliy choralar koʻrsatib oʻtildi.

 

“Muqimiy” MFYdagi muloqotda dinni niqob qilib olgan buzgʻunchi toʻdalar yoshlarni oʻz tuzogʻiga ilintirishda internetdan ustalik bilan foydalanayotgani, bashariyatga naf keltirishi koʻzlangan ushbu vosita orqali gʻarazli maqsadlarini amalga oshirish uchun odamlarni zalolat va qabohatga undab, toʻgʻri yoʻldan adashtirish payida ekani uqtirildi.

   

Targʻibotlarda farzandining istiqbolini, yorqin kelajagini istaydigan har bir ota-ona tarbiya masalasiga jiddiy eʼtibor qaratishi, bola qalbida oʻz xalqi, Vataniga mehr va sadoqat tuygʻusini kuchaytirishi, uni turli vayronkor kuchlarning axborot xurujlaridan ogoh etib, munosib himoya qilishi zarurligi taʼkidlandi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

«TURK ABRUSI TARIXI»

22-may, 2024-yil soat 10:00 da Oʻtkazish joyi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi …