Home / FOTO LAVHALAR / Ishtixon va Oqdaryo tumanlarida ogohlikka daʼvat etildi

Ishtixon va Oqdaryo tumanlarida ogohlikka daʼvat etildi

Samarqandda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etayotgan targʻibot guruhi aʼzolari 10 oktyabr kuni viloyatning Ishtixon va Oqdaryo tumanlari mahallalarida ish olib bordi.

 

Ishtixondagi “Shayxlarkent” MFYda targʻibotchilar yigʻilganlarni mafkuraviy sohada turli xalqlarning turmush tarzini gʻarazli maqsadlarda yoshlar ongiga singdirish, ularni toʻgʻri yoʻldan ogʻdirish kabi tobora kuchayib borayotgan nosogʻlom xatti-harakatlardan ogoh etdi. Chunki bunday ishlar koʻzga yaqqol tashlanmaydi, odatda beozor boʻlib koʻrinadi va eng yomoni, moddiy manfaatdorlik asosida olib boriladi.

   

Oqdaryoning “Poʻlatdarxon” MFYda oʻtgan tadbirda ham asosiy eʼtibor maʼnaviy tarbiyaga qaratildi. Chunki barcha muammolarning yechimi boʻlgan maʼnaviyat oqsasa, taraqqiyot toʻgʻri yoʻldan oqadi, odamlar ongida boʻshliq, beparvolik yuzaga keladi. Jadallashib borayotgan bugungi globallashuv sharoitida esa dunyoni jaholat va razolatdan izchil taʼlim va tarbiya, teran tafakkur, chuqur ilm va kuchli maʼrifatga yoʻgʻrilgan yuksak maʼnaviyat qutqaradi.

    

Uchrashuvlarda murakkab va tahlikali zamonamizda yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, tinchligimizga rahna solayotgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borishning hayotiy zarurati haqida soʻz yuritildi.

 

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

«TURK ABRUSI TARIXI»

22-may, 2024-yil soat 10:00 da Oʻtkazish joyi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi …