Home / FOTO LAVHALAR / MAʼNAVIY IMMUNITЕT MAʼRIFATLI BOʻLISHNI TAQOZO QILADI

MAʼNAVIY IMMUNITЕT MAʼRIFATLI BOʻLISHNI TAQOZO QILADI

Targʻibot guruhi aʼzolari 5 oktyabr kuni Urgut tumanidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarini davom ettirdi. Mahallalarda “Imom Buxoriy merosi – yot gʻoyalarga qarshi” mavzusida oʻtkazilgan uchrashuvlarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, yoshlarni yot gʻoyalardan asrashga hayotiy ehtiyoj va azaliy qadriyatlarimizning insonparvarlik jihatlariga alloma ajdodlarimiz ilmiy merosi nuqtai nazaridan alohida eʼtibor qaratildi.

“Soʻfiyon” MFYdagi uchrashuvda ham dunyoning koʻplab mintaqalarini qamrab olgan terrorizm va ekstremizm bilan bogʻliq muammolar faol muhokama qilindi. Yot oqimlar daʼvatlari nafaqat umumeʼtirof etilgan zamonaviy qonunlar, balki islom dini asoslariga ham zid ekani taʼkidlandi.

“Xoʻja guzar” MFYda targʻibot guruhi aʼzolari radikalizmning turli koʻrinishlariga qarshi kurashda barchaga birdek masʼuliyat yuklanishi va mudom ogoh boʻlish toʻgʻrisida taʼsirchan maʼruzalar qildi.

“Soygʻoʻs” MFYdagi tadbirda soʻnggi paytlarda avj olayotgan axborot xurujlari keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan ayanchli oqibatlar, jumladan, oyat va hadislarning notoʻgʻri talqin etilishi, yetarli maʼlumotga ega boʻlmagan yoshlar maʼnaviy ongining buzilishi, turli eʼtiqod vakillari oʻrtasida adovat uygʻonishi kabi illatlar koʻrsatib oʻtildi. Targʻibotchilar yoshlar turli buzgʻunchi oqimlar domiga ilinib qolmasligi uchun qoʻllash lozim boʻlgan amaliy choralarga toʻxtaldi.

Barcha tadbirlarda milliy qadriyat va urf-odatlarimizga hurmat, Vatanga sadoqat, yurt tinchligi, mamlakatimizda inson manfaatlari yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari, diniy bagʻrikenglik va yoshlar turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishining oldini olishga oid masalalar, shukronalik tuygʻulari haqida fikr yuritildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Qoʻlyozmalar – ilm manbai va bilim bulogʻi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Movarounnahr muhaddislari asarlarining Jazoirda saqlanayotgan qoʻlyozma nusxalari” mavzusida xalqaro davra …