Ayni kunlarda Samarqandda viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kursi davom etmoqda.
Uning doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Shukrillo Umarov ishtirokchilar bilan “Mahalla raislarining ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirayotgan ishlari” mavzusida mashgʻulot oʻtkazdi.
Samarqand shahridan 30 nafar rais qatnashgan mashgʻulotda mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlashda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar tahlil qilinib, bu yoʻnalishlardagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan zarur ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.