Home / FOTO LAVHALAR / Jizzaxdagi oʻquvlar samarali boʻldi

Jizzaxdagi oʻquvlar samarali boʻldi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Jizzax viloyatida oʻtkazilgan oʻquv seminarlarining yakuniysi Zomin, Zarbdor, Dashtobod tumanlari diniy soha vakillari ishtirokida tashkil etildi.

Markaz ilmiy xodimi Bayozxon Mahmudov yigʻilganlarga diniy-maʼrifiy soha masʼullari oldida turgan eng muhim vazifalar, jamiyatda axborot xurujlariga qarshi kuchli maʼrifiy himoyaga ehtiyoj mavjudligidan kelib chiqib, turli gʻoyaviy va mafkuraviy tahdidlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masʼuliyati haqida soʻzladi.

Uch kun davomida “Ijtimoiy munosabatlarda dinning oʻrni va ahamiyati”, “Radikalizm va ekstremizmga qarshi kurash: bugungi holat va xalqaro tajriba” hamda “Buzgʻunchi gʻoyalarga raddiya berish metodologiyasi” mavzularida oʻtkazilgan oʻquvlarda viloyatning 13 shahar va tumanida faoliyat yuritayotgan 170 dan ziyod imom-xatib va 200 ga yaqin noib qatnashdi. Muloqotlarda ishtirokchilar koʻtarilgan mavzu va eʼtibor qaratilgan masalalar yuzasidan bildirilgan tavsiyalar amaliy faoliyatda dasturilamal boʻlishini taʼkidlab, seminarlar imomlarning kasbiy mahorati va koʻnikmalarini oshirishga xizmat qilganini eʼtirof etdi.

Barcha tadbirlar samimiyat ruhida, ishchan kayfiyatda oʻtdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz rahbari – Samarqanddagi yirik anjumanda

Bugun, 3-may kuni Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Turkiyadagi Egey universiteti …