Home / FOTO LAVHALAR / Targʻibotchilar – Kattaqoʻrgʻon mahallalarida

Targʻibotchilar – Kattaqoʻrgʻon mahallalarida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining targʻibot guruhlari “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni 24 avgust kuni Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumani va Kattaqoʻrgʻon shahrida oʻtkazdi.

  

Kattaqoʻrgʻon tumanining “Chigʻatoy”, “Jumaboy”, “Nisbat”, “Chuyanchi”, “Moybuloq”, “Bogʻot” va “Tarnov” MFYlarida maʼruzachilar tomonidan ayrim yoshlarimizning turli radikal gʻoyalar taʼsiri tushib qolayotgani, har xil sayt va ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali noxolis maʼlumotlar olib, ongi zaharlanayotgani xavotirli ekani, buning oldini olish uchun ota-onalar farzandlar tarbiyasiga yanada eʼtiborliroq boʻlishi lozimligi tushuntirib oʻtildi.

     

Kattaqoʻrgʻon shahridagi “Chinobod”, “Oq oltin”, “Miyonkoʻl”, “Nurafshon”, “Kattaqoʻrgʻon”, “Goʻzalkent” va “Yakkabogʻ” MFYlaridagi tadbirlarda din niqobi ostidagi daʼvatlardan koʻzlangan asosiy maqsadlar ochiqlanib, yigʻilganlar axborot tahdidlarining salbiy ijtimoiy oqibatlaridan ogoh etildi.

         

Viloyatda targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

«TURK ABRUSI TARIXI»

22-may, 2024-yil soat 10:00 da Oʻtkazish joyi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi …