Home / MAQOLALAR / UMARNING SAHOBALAR OLDIDAGI SIDQ VA TAQVOLARIDЕK EDI…

UMARNING SAHOBALAR OLDIDAGI SIDQ VA TAQVOLARIDЕK EDI…

Qutayba: “Agar Buxoriy sahobalar orasida boʻlganlarida, bir moʻjiza boʻlardi”, – deganlar.

   Muhammad ibn Yusuf Hamadoniy aytganlar: “Biz Qutayba ibn Saʼidning huzurlarida edik. Abu Yaʼqub Shaʼroniy degan bir odam kelib, u kishidan Muhammad ibn Ismoil Buxoriy haqlarida soʻradi. Shunda Qutayba boshlarini egdilar. Keyin baland koʻtarib: “Ey eshitayotganlar, hadis va fiqh ilmlarini yaxshilab koʻzdan kechirdim. Zohidlar, obidlar, faqihlar bilan oʻtirdim. Biroq aqlimni taniganimdan buyon Muhammad ibn Ismoilga oʻxshashini koʻrmadim”, – dedilar”.

   Hoshid ibn Ismoil aytganlar: “Qutaybaning: “Muhammad ibn Ismoilning zamondoshlari oldidagi sidq va taqvolari Umarning sahobalar oldidagi sidq va taqvolaridek edi”, – deganlarini eshitdim”.

   Hoshid ibn Ismoil aytganlar: “Ahmad ibn Hanbalning: “Xurosondan Muhammad ibn Ismoildek (boshqa bir) kishi bizga kelmadi”, – deganlarini eshitdim”.

   Abu Hotim Roziy aytganlar: “Muhammad ibn Ismoil Iroqqa kelgan olimlarning eng bilimdonidirlar”.

Manba: “Mashhur daholar siyrati” (Siyaru aʼlamin nubalo) kitobidan

Check Also

MUQADDAS DINIMIZDA OʻTGANLARNI XOTIRLASH VA TIRIKLARNI QADRLASH HAQIDA

Islom dini insonlarni odob-axloq, yaxshilik va ezgulikka chorlaydi. Shu bois, unda oʻtganlarni xotirlash, ularning haqiga …