Home / MAQOLALAR / SHUNDAY BIR KUN KЕLIB, U SIZLARNING USTINGIZDAN KULISHI MUMKIN…

SHUNDAY BIR KUN KЕLIB, U SIZLARNING USTINGIZDAN KULISHI MUMKIN…

Imom Buxoriyning ilm talabida yurt kezganlari

   Muhammad ibn Abu Hotim Buxoriy aytganlar: «Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoildan eshitdim: “Haj qildim. Akam onamni olib qaytdilar. Men hadis ilmi talabida qoldim. 18 yoshga yetganimda “Qazoyo as-sahobati vat-tobeʼin va aqoviyluhum” (Sahobalar va tobeʼinlarning fatvolari va aytgan soʻzlari) kitobini yoza boshladim. Bu Ubaydulloh ibn Muso davrlarida edi.

   “At-Tarix” kitobini ham oʻsha paytda oydin kechalarda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning qabrlari yonida yozdim. Ushbu kitobimga kirgan har bir shaxsning oʻz qissasi bor. Lekin kitobning choʻzilib ketishini xohlamaganim uchun ularni yozmadim.

   Marvda faqihlarning majlislariga borardim. Yosh edim. Uchrashganimda ularga salom berishdan uyalardim. Oʻsha darslarni tartibga soluvchi bir kishi mendan: “Bugun qancha yozding?” – deb soʻradi. Men: “Ikkita”, – dedim. Bu bilan ikkita hadisni nazarda tutgandim. Hozir boʻlganlar kulishdi. Shunda shayxlari: “Kulmanglar, shunday bir kun kelib, u sizlarning ustingizdan kulishi mumkin”, – deb aytdilar».

   Abu Hotim Imom Buxoriyning quyidagi soʻzlarini eshitganliklarini aytganlar: “Men Humaydiyning huzurlariga kirdim. 18 yoshda edim. U kishi kim bilandir bir hadis ustida tortishayotgan ekanlar. Meni koʻrgach: “Ana bizning oramizni ochadigan kishi keldilar”,   dedilar. Har ikkalalari hadislarini va fikrlarini menga aytib berdilar. Humaydiyning foydalariga hukm chiqardim. U kishiga xilof qilgan odam agar oʻz fikrida qolgan holatda oʻlsa, kofir boʻlib ketardi”.

Manba: “Mashhur daholar siyrati” (Siyaru aʼlamin nubalo) kitobidan

Check Also

RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM QOʻRQQAN FITNA

(Bir hadis sharhi) Fitnalar har doim boʻlib kelgan. Bunday ishlardan eng yomoni nohaqdan shirk va …